Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashi deputati Sharopov Turgunbek Uktamovich Chambil mahallasi hududiga tashrif buyurib, mahallani kompleks rivojlantirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosi bilan joyida tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman kengashi deputati Iboyev Saxiddin navbatdagi uchrashuvini saylovchilar bilan o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Maxmudova Muxayyo Turg‘unovna aholi bilan uchrashdi.
янв.21
Deputat va IIB hamkorligi!!!
янв.21
2- Quruqsoy saylov okrugidan tuman Kengashi deputati Sharopov Turg‘unbek Chiroqchi tumani Chambil mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar
янв.21
Ostonada “Markaziy Osiyo – Italiya” sammiti bo'lib o'tdi
янв.21
Tadbirkor yuragida orzu, qo'lida yechim bo'ladi
янв.21
Deputatlik guruxining yig‘ilishi o‘tkazildi
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

KENGASH FAOLIYATI : 

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining 2026-yil 24-fevral kunida navbatdagi o'n to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya kun tartibiga 12 ta masala kiritilgan bo'lib:

Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son hamda 2025-yil 18-martdagi PQ-111-son qarorlarining ijrosi shuningdek, tumanda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2025-yil 12 oy davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan, tuman prokurori B.Boymurovning axboroti tinglandi, deputatlar tomonidan jinoyatchilik oshayotgan tumandagi qizil hududga kiruvchi mahallalar bilan kelgusida hamkorlikda ishlash yuzasidan savol va takliflar bildirildi.

Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan - Tumanda huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati, shuningdek, jamoat xavfsizligini ta’minlashda 2025-yilning 12 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i O‘.Mustafaqulovning hisoboti tinglanib, hisobot yuzasidan amalga oshirilgan ishlar qoniqarli deb topilib Kengash qaror loyihasi bir ovozdan tasdiqlandi.

Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan - Uzun tumanida kambag‘allik va ishsizlik darajasini kamaytirish, aholi daromadini oshirish bo‘yicha 2025-yil natijasi va 2026-yilda amalga oshiriladigan ishlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qarorining ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar deputatlar tomonidan tanqidiy muhokama qilinib, kelgusida aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilishi belgilab olindi.

- Sessiyaning kun tartibidagi qolgan 12 ta masala Kengashning tegishli doimiy komissiyasida muhokama qilingan hamda kun tartbidagi to'liq 13 ta masala bilan quyidagi e.kengash (https://kengash.gov.uz/news/21179)orqali tanishishingiz mumkun. 

- Sessiyaning to'liq ishini Kengashning Fecebook (https://www.facebook.com/share/v/1GzrzNbDkN/) sahifasi orqali kuzatishingiz mumkun.

Slide 1 of 1