Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashi deputati Sharopov Turgunbek Uktamovich Chambil mahallasi hududiga tashrif buyurib, mahallani kompleks rivojlantirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosi bilan joyida tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman kengashi deputati Iboyev Saxiddin navbatdagi uchrashuvini saylovchilar bilan o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Maxmudova Muxayyo Turg‘unovna aholi bilan uchrashdi.
янв.21
Deputat va IIB hamkorligi!!!
янв.21
2- Quruqsoy saylov okrugidan tuman Kengashi deputati Sharopov Turg‘unbek Chiroqchi tumani Chambil mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar
янв.21
Ostonada “Markaziy Osiyo – Italiya” sammiti bo'lib o'tdi
янв.21
Tadbirkor yuragida orzu, qo'lida yechim bo'ladi
янв.21
Deputatlik guruxining yig‘ilishi o‘tkazildi
2025-yil davomida Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputatlari tomonidan “E-Kengash” platformasi orqali deputatlik so‘rovlari yuborildi.

2025-yil davomida Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputatlari tomonidan “E-Kengash” platformasi orqali fuqarolar murojaatlari, hududlardagi muammoli masalalar hamda ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishdagi dolzarb masalalar yuzasidan keng ko‘lamki deputatlik so‘rovlari yuborildi.

🔵Mazkur so‘rovlar asosan, qonunlar ijrosini nazorat qilish, fuqarolar murojaatlarini hal etish, davlat organlari faoliyatini tekshirish, muammolarni aniqlash va bartaraf etish, kommunal xizmatlar sifati, ichki yo‘llarni ta’mirlash, obodonlashtirish, ichimlik suvi va elektr ta’minoti, ijtimoiy himoya, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda aholi bandligi masalalariga qaratib, tegishli tashkilotlarga ijro uchun yo‘naltirildi.

🔵Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputatlari tomonidan jami 92 ta deputatlik so‘rovlari yuborilgan.

Shundan eng ko‘p deputatlik so‘rovlarini yuborgan deputatlar:

21-“Sijjak” okrugi deputati Axmedov Fatxulla Raxmatullayevich – 15 ta;

11-“Ozodbosh” okrugi deputati Asomov Sagdulla Muradullayevich – 10 ta;

17-“Chimboyliq” okrugi deputati Aripbayev Umid Raximjonovich – 9 ta.