Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalliy muammolar va ijro intizomi – diqqat markazida
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Qarori qabul qilindi!!!
янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashi deputati Sharopov Turgunbek Uktamovich Chambil mahallasi hududiga tashrif buyurib, mahallani kompleks rivojlantirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosi bilan joyida tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman kengashi deputati Iboyev Saxiddin navbatdagi uchrashuvini saylovchilar bilan o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Maxmudova Muxayyo Turg‘unovna aholi bilan uchrashdi.
янв.21
Deputat va IIB hamkorligi!!!
янв.21
2- Quruqsoy saylov okrugidan tuman Kengashi deputati Sharopov Turg‘unbek Chiroqchi tumani Chambil mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar
янв.21
Ostonada “Markaziy Osiyo – Italiya” sammiti bo'lib o'tdi
MUNOSABAT

 2026-yil 11-fevral kuni imzolangan “2026-yilda Navoiy viloyatini barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-58-sonli Prezidentimizning qarori Navoiy viloyati taraqqiyotiga xususan tumanimiz taraqqiyotiga berilayotgan yuksak e’tiborning yana bir amaliy ifodasi bo‘ldi.

Mazkur muhim hujjat viloyatimizning eng chekka hudularida ham sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish, investitsiya, turizm va infratuzilma sohalarini yangi bosqichga chiqish uchun zamin yaratadi.

Ayniqsa, Uchquduq tumani uchun yangi loyihalarni ishga tushirish bo‘yicha vazifalar belgilangaligi biz Uchquduqliklarni quvontirdi.

Uchquduq tumani Navoiy viloyatining sanoat salohiyati yuqori bo‘lgan hududlaridan biridir. Tumanimizni yanada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida bir qator vazifalar belgilab berildi. Tog‘-kon sanoati va infratuzilmani yaxshilashga qaratish, aholi turmush darajasini oshirish uchun ta’lim, sog‘liqni saqlash va turar-joy infratuzilmasini modernizatsiya qilish, hududga yangi ish o‘rinlari yaratish maqsadida investitsiya loyihalarini jalb etish, eksport va import hajmini oshirish, tumanda aholi uchun “Oltin ko‘l” sohil boʻyida istirohat bogʻi, mehmonxonalar hamda restoran va umumiy ovqatlanish obyektlarini tashkil etish orqali xizmat ko‘rsatish va turizm sohalarini rivojlantirish yanada yo‘lga quyiladi.

Bularning barchasi Uchquduq tumanini ijtimoiy-iqtsodiy va sanoat salohiyati yuqori bo‘lgan hududlaridan biri bo‘lishiga zamin yaratadi.

Uchquduq tumanida yashillik darajasini oshirish, ko‘p yillik daraxtlarni suv bilan ta’minlash, suv resurslaridan oqilona foydalanish, ekologik holatni yaxshilash va barqaror saqlash maqsadida zamonaviy sug‘orish tizimini joriy etilishi albatta, tumanimiz aholisi uchun yanada ko‘plab imkoniyatlar yaratadi. Fuqarolarga dam olishlari uchun yashil maskanlar ko‘payada. Tumandagi “Qanorbay ata”, “Yerler ata”, “Beder ata”, “ochiq osmon ostidagi muzey” deb e’tirof etilgan “Tosh o‘rmon” yodgorligiga olib boruvchi yo‘llarning mukammal ta’mirlanishi hamda bu ob’ektlarni turistik marshrutga kiritilishi, tumanda turizm salohiyatini rivojlantirishga asos bo‘ladi.

Muhtaram yurtboshimiz tomonlaridan belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda albatta tuman Kengashi deputatlari ham o‘z hissalarini qo‘shadilar. Xususan, Prezidentimizning qarorlarida belgilab berilgan vazifalarni aholiga yetkazish, ularni kelajakka bo‘lgan ishonchlarini oshirish va ta’minlanayotgan farovon hayotda har bir fuqaroning faol ishtirokchi bo‘lishini ta’minlash har bir deputatning burchi deb o‘ylayman.