Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashi deputati Sharopov Turgunbek Uktamovich Chambil mahallasi hududiga tashrif buyurib, mahallani kompleks rivojlantirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosi bilan joyida tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman kengashi deputati Iboyev Saxiddin navbatdagi uchrashuvini saylovchilar bilan o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Maxmudova Muxayyo Turg‘unovna aholi bilan uchrashdi.
янв.21
Deputat va IIB hamkorligi!!!
янв.21
2- Quruqsoy saylov okrugidan tuman Kengashi deputati Sharopov Turg‘unbek Chiroqchi tumani Chambil mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar
янв.21
Ostonada “Markaziy Osiyo – Italiya” sammiti bo'lib o'tdi
янв.21
Tadbirkor yuragida orzu, qo'lida yechim bo'ladi
янв.21
Deputatlik guruxining yig‘ilishi o‘tkazildi
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi Yakkatut-saylov okrugi deputati deputati Shodmonov Shoxrux O‘ktamovich saylovchilar oldida 2025-yil IV-chorak davomida qilingan ishlar to‘g‘risida axborot berdi

2025-yilning to’rtinchi choragida “Yakkatut” saylov okrugida, ya’ni Bo’rijar va Yakkatut mahallalarida aholi muammolarini o‘rganish va hal etish, shuningdek, yashash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha olib borgan ishlari to'g'risida ma'lumot berdi.

️To'rtinchi chorak davrida aholi bilan 6 marta uchrashuv o‘tkazilganligi va 17 ta murojaat ko‘rib chiqilib barchasi ijobiy hal qilinganligini aytib o'tdi. 

Jumladan: - Yakkatut 21, 23, 26, 47 uylar framugalariga plastik romlar o’rnatilgan;

- ehtiyojmandlarga yuridik maslahatlar berildi;

- Yakkatut fuqarosi Nina Ivanovna sanatoriyaga yotqazildi;

Yakkatut mahallasida 29, 30 uylar oldi va 526-MTT yoni yo’llari asfaltlanishi bo’yicha davlat dasturiga kiritilgan;

- Bo’rijar mahallasida Yangi yil bayramini tashkil etishda moddiy yordam ko‘rsatildi.

✔️Ijtimoiy yordam;

- dorilar xarajatlari uchun ayrim fuqarolarga yordam berildi;

✔️ Kengashdagi faoliyat

- 3 ta deputatlar sessiyasida ishtirok etildi;

- UzLiDeP deputatlik guruhi bilan 2 ta yig‘ilish o‘tkazildi;

- UzLiDeP deputatlik guruhi raisi sifatida 2 marta tinglovlar o‘tkazildi:

  - Chilonzor tumani Mahalla uyushmasi rahbari hisoboti;

  - Investitsiyalar bo’yicha Chilonzor tumani hokimi o’rinbosari hisoboti tinglandi.

Slide 1 of 3