Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashi deputati Sharopov Turgunbek Uktamovich Chambil mahallasi hududiga tashrif buyurib, mahallani kompleks rivojlantirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosi bilan joyida tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman kengashi deputati Iboyev Saxiddin navbatdagi uchrashuvini saylovchilar bilan o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Maxmudova Muxayyo Turg‘unovna aholi bilan uchrashdi.
янв.21
Deputat va IIB hamkorligi!!!
янв.21
2- Quruqsoy saylov okrugidan tuman Kengashi deputati Sharopov Turg‘unbek Chiroqchi tumani Chambil mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar
янв.21
Ostonada “Markaziy Osiyo – Italiya” sammiti bo'lib o'tdi
янв.21
Tadbirkor yuragida orzu, qo'lida yechim bo'ladi
янв.21
Deputatlik guruxining yig‘ilishi o‘tkazildi
"Hazarbobo" mahallasida yo‘l muammosi: aholi nega hali ham javob kutmoqda?

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputati E.Abdusalomov tomonidan “Hazarbobo” va "Yangiravot" mahallalarini bog‘laydigan yo‘lning holatini o‘rgandi.

Hududdagi ichki ko‘chalarning bugungi holati jiddiy tanqidiy bahoga loyiq. Yomg‘ir yog‘ishi bilan yo‘llar loyqa botqoqqa aylanmoqda, katta-kichik chuqurlar suvga to‘lib, harakatlanish deyarli imkonsiz bo‘lib qolmoqda. Avtomobillar zo‘rg‘a yurmoqda, piyodalar esa loy va suv ichida qatnashga majbur. Bu nafaqat noqulaylik, balki aholi xavfsizligi uchun ham real xavf tug‘dirmoqda.

Eng achinarlisi, mazkur muammo bir kunlik yoki mavsumiy holat emas. Aholi tomonidan bir necha bor og‘zaki murojaatlar bildirilganiga qaramay, mas’ul tashkilotlar tomonidan amaliy va barqaror yechim ko‘rilmagan. Vaqtinchalik tekislash yoki yuzaki shag‘al tashlash bilan masala hal bo‘lmaydi. Natijada har bir yomg‘irdan so‘ng vaziyat yana takrorlanmoqda.

Savol tug‘iladi: hudud infratuzilmasi bilan bog‘liq bu muammo qachongacha e’tibordan chetda qoladi? Ichki yo‘llarning bunday ahvoli ijtimoiy soha obyektlariga, tez yordam, yong‘in xavfsizligi xizmatlarining o‘z vaqtida yetib borishiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Mazkur holat yuzasidan deputat E.Abdusalomov tomonidan tegishli tashkilotlarga rasmiy deputatlik so‘rovi chiqarildi.

So‘rovda:

ichki ko‘chalarni to‘liq shag‘allashtirish va mustahkamlash;

suvning to‘planib qolishini oldini olish uchun drenaj tizimini yo‘lga qo‘yish;

mas’ul tashkilotlarning aniq muddatli chora-tadbirlar rejasini taqdim etishi talab etildi.

Hudud aholisining kundalik hayotiga ta’sir qilayotgan bunday muammolarni cho‘zib yurish — mas’uliyatdan qochish bilan barobar. Endilikda mas’ul tashkilotlar aniq javob va amaliy ish bilan chiqishi lozim.

Slide 1 of 5