Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman kengashi deputati Iboyev Saxiddin navbatdagi uchrashuvini saylovchilar bilan o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Maxmudova Muxayyo Turg‘unovna aholi bilan uchrashdi.
янв.21
Deputat va IIB hamkorligi!!!
янв.21
2- Quruqsoy saylov okrugidan tuman Kengashi deputati Sharopov Turg‘unbek Chiroqchi tumani Chambil mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar
янв.21
Ostonada “Markaziy Osiyo – Italiya” sammiti bo'lib o'tdi
янв.21
Tadbirkor yuragida orzu, qo'lida yechim bo'ladi
янв.21
Deputatlik guruxining yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Tadbirkorlik rivoji uchun yangi sharoit va imkoniyatlar
Kengash_faoliyati

Deputatlar va “Mahalla yettiligi” hamkorligi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati H.Abdimo'monov tomonidan “Bandixon” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari amalga oshirilib, mahalla yettiligi tomonidan bajarilgan vazifalar, amaliy ishlar va aholi murojaatlari bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar atroflicha tahlil etildi.

       

Uchrashuv davomida aholi turmush tarzini yaxshilash maqsadida fuqoralarga imtiyozli kredit ajratish tartibi to'g'risida fuqarolarga tushunchalar berildi. 

Shuningdek, mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar, huquqbuzarliklarning oldini olish, aholi murojaatlari bilan ishlash holati ham atroflicha ko‘rib chiqildi.

     

Uchrashuvda mahalla faollari, yettilik a’zolari va aholi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish va yangi tashabbuslarni amalga joriy etish uchun muhim yo‘nalish bo‘ldi.

Shuningdek, mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar, huquqbuzarliklarning oldini olish, aholi murojaatlari bilan ishlash holati ham atroflicha ko‘rib chiqildi.

Mahalla tizimida olib borilayotgan ishlar aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qilishi alohida qayd etildi.

Uchrashuv davomida mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy holati, infratuzilmani rivojlantirish, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, bandlikni ta’minlash kabi ustuvor yo‘nalishlar keskin muhokama qilinib, mavjud muammolarning manzilli yechimlari bo‘yicha aniq taklif va vazifalar belgilab olindi.

Uchrashuv yakunida muammo va takliflari tinglanib, tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovi bilan chiqish belgilandi.

Slide 1 of 4