Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Maxmudova Muxayyo Turg‘unovna aholi bilan uchrashdi.
янв.21
Deputat va IIB hamkorligi!!!
янв.21
2- Quruqsoy saylov okrugidan tuman Kengashi deputati Sharopov Turg‘unbek Chiroqchi tumani Chambil mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar
янв.21
Ostonada “Markaziy Osiyo – Italiya” sammiti bo'lib o'tdi
янв.21
Tadbirkor yuragida orzu, qo'lida yechim bo'ladi
янв.21
Deputatlik guruxining yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Tadbirkorlik rivoji uchun yangi sharoit va imkoniyatlar
янв.21
Tadbirkor-elga madadkor
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, Dehqonobod tumani hokimi navbatdagi murojaatini Yangi hayot mahallasi fuqarolariga yoʻlladi.

 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, Dehqonobod tumani hokimi Sherzod Shokirovning navbatdagi ochiq uchrashuvi Yangi hayot mahallasida bo‘lib o‘tdi. Unda mahalla fuqarolari bilan muloqot o‘tkazilib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash hamda aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan ustuvor vazifalar yuzasidan murojaat qilindi. 

Uchrashuv davomida ushbu mahalla og‘ir toifadagi hududlar qatoriga kirishi bois, infratuzilmani yaxshilash uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan bir qator muhim
loyihalar amalga oshirilishi ta’kidlandi. Xususan, yangi ko‘prik qurish, elektr ta’minotini yaxshilash, sug‘orish tarmoqlarini tiklash va kengaytirish hamda
boshqa zarur obyektlarni barpo etish ishlari rejalashtirilgani ma’lum qilindi. Bu chora-tadbirlar mahalla aholisi uchun yanada qulay va barqaror yashash
sharoitini yaratishga xizmat qilishi qayd etildi.
 

Tuman rahbari o‘z nutqida tumandagi fuqarolar uchun kredit stavkalari 12 foiz etib belgilanganini alohida ta’kidladi. Bu imkoniyatdan bog‘dorchilik, chorvachilik,
ishlab chiqarish, tadbirkorlik va boshqa ko‘plab yo‘nalishlarda samarali foydalanish mumkinligi, imtiyozli shartlar aholi tashabbuslarini
qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilishi aytib o‘tildi.
 

Mazkur uchrashuvda “Oʻzagrostar Holding” kompaniyasining malakali agronomlari ham ishtirok etdi. Mutaxassislar tomonidan hozirda tuman hududlarining iqlimi va
tuproq tarkibi o‘rganilayotgani, ko‘plab hududlarda, jumladan Yangi hayot mahallasida ham yerlar unumdor ekani ta’kidlandi. Bu esa qishloq xo‘jaligi
yo‘nalishlarini kengaytirish va yuqori hosildorlikka erishish uchun mustahkam zamin bo‘lishi qayd etildi.
 

Murojaat doirasida fuqarolar ishtirokida mahalla yettiligi faoliyati yuzasidan ham ma’lumotlar tinglandi. Faoliyat tahlil qilinib, ayrim kamchiliklar ko‘rsatib
o‘tildi hamda mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.
 

Uchrashuv yakunida mahalla fuqarolari amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlardan mamnun ekanliklarini bildirishdi. Ular yurtimiz tinchligi va farovonligi uchun
shukronalik bildirib, yurtboshimizning sog‘ligi va omonligini tilab duo qilishdi. Shuningdek, davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlarga
javoban mahallada hamjihatlikda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini kuchaytirish, tomorqa yerlaridan unumli foydalanish borasida faol
bo‘lishlarini ta’kidlashdi.
  

Slide 1 of 6