Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Maxmudova Muxayyo Turg‘unovna aholi bilan uchrashdi.
янв.21
Deputat va IIB hamkorligi!!!
янв.21
2- Quruqsoy saylov okrugidan tuman Kengashi deputati Sharopov Turg‘unbek Chiroqchi tumani Chambil mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar
янв.21
Ostonada “Markaziy Osiyo – Italiya” sammiti bo'lib o'tdi
янв.21
Tadbirkor yuragida orzu, qo'lida yechim bo'ladi
янв.21
Deputatlik guruxining yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Tadbirkorlik rivoji uchun yangi sharoit va imkoniyatlar
янв.21
Tadbirkor-elga madadkor
“Muammoli oilalar bilan manzilli ishlash — ustuvor vazifa”

“Muammoli oilalar bilan manzilli ishlash — ustuvor vazifa”

Xalq deputatlari Navoiy viloyati Navoiy shahar Kengashi deputati Irgasheva Nilufar Uralovna tashabbusi bilan Navoiy shahar hududida joylashgan Kimyogar va Tinchlik mahallalarida tegishli davlat va jamoat tashkilotlari, sog‘liqni saqlash muassasalari hamda mahalla faollari ishtirokida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holatini o‘rganish bo‘yicha manzilli tadbirlar o‘tkazildi.

Mazkur tadbir doirasida ushbu mahallalarda yashovchi, ruhiy kasallik bilan tibbiy nazoratda turgan, shuningdek, spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan shaxslar mavjud bo‘lgan oilalar holidan xabar olindi. Ularning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, yashash sharoiti, sog‘liq holati, mehnat bilan bandlik darajasi hamda tibbiy, psixologik va ijtimoiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyoji atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida har bir oila a’zosi bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazilib, ularni tashvishga solayotgan muammolar, ehtiyojlar va takliflar tinglandi. Mutaxassislar tomonidan ruhiy salomatlikni tiklash, zararli odatlarning oldini olish, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish hamda tibbiy nazoratni samarali tashkil etish bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini kengaytirish yuzasidan aniq tavsiyalar ishlab chiqildi.

Shu bilan birga, mas’ul tashkilotlarga mazkur oilalarni doimiy ravishda nazoratga olish, ularga manzilli ijtimoiy yordam ko‘rsatish, zarur hollarda sog‘lomlashtirish va reabilitatsiya choralariga jalb etish, shuningdek, ularni jamiyatga ijtimoiy moslashtirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Mazkur tadbir aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash, muammoli oilalar bilan manzilli ish olib borish, mahalla instituti faoliyatini yanada takomillashtirish hamda jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlardan biri hisoblanadi. Bu kabi tadbirlarni kelgusida ham tizimli ravishda davom ettirish rejalashtirilgan.

Slide 1 of 16