35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalliy muammolar va ijro intizomi – diqqat markazida
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Qarori qabul qilindi!!!
янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashi deputati Sharopov Turgunbek Uktamovich Chambil mahallasi hududiga tashrif buyurib, mahallani kompleks rivojlantirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosi bilan joyida tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman kengashi deputati Iboyev Saxiddin navbatdagi uchrashuvini saylovchilar bilan o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Maxmudova Muxayyo Turg‘unovna aholi bilan uchrashdi.
янв.21
Deputat va IIB hamkorligi!!!
янв.21
2- Quruqsoy saylov okrugidan tuman Kengashi deputati Sharopov Turg‘unbek Chiroqchi tumani Chambil mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar
янв.21
Ostonada “Markaziy Osiyo – Italiya” sammiti bo'lib o'tdi
Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 

Bugun Ellikqal’a tumani hokimligining katta majlislar zalida Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashining 7-chaqiriq 19-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

 Sessiyani Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashi raisi Shuhrat Qo‘shnazarov ochib berdi va olib bordi.

Sessiya kun tartibiga jami 9 ta masala kiritilib, unda tumanning 2025 yil yakunlari, 2026 yilga mo‘ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturi, mahalliy budjet ijrosi, “Ochiq budjet” loyihalari, qonuniylikni ta’minlash, jinoyatchilik profilaktikasi, aholi bandligini oshirish, qishloq xo‘jaligi yerlarining monitoringi hamda soliqqa oid masalalar muhokama qilindi.

Jumladan, tuman hokimi Valijan Niyazimbetov tomonidan 2025 yilda tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yakunlari hamda 2026 yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar yuzasidan hisobot berildi. Shuningdek, prokuratura, ichki ishlar, moliya-iqtisodiyot, soliq va boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlarining axborotlari tinglandi.

Kun tartibidagi barcha masalalar atroflicha muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Sessiya jarayoni tuman hokimligining facebokdagi 👉 https://www.facebook.com/share/v/1GHVqLC6qh/ sahifasida to‘liq yoritildi.

—————————

Xalıq deputatları Ellikqala rayonlıq Keńesiniń gezektegi sessiyası bolıp ótti.

Búgin Ellikqala rayonı hákimliginiń úlken májilisler zalında Xalıq deputatları Ellikqala rayonlıq Keńesiniń 7-shaqırıq 19-sessiyası bolıp ótti.

Sessiyanı Xalıq deputatları Ellikqala rayonlıq Keńesiniń baslıǵı Shuhrat Qwshnazarov ashıp berdi hám alıp bardı.

Sessiya kún tártibine jámi 9 másele kirgizilip, onda rayonnıń 2025-jıl juwmaqları, 2026-jılǵa mólsherlengen sociallıq-ekonomikalıq rawajlanıw baǵdarlaması, jergilikli byudjettiń orınlanıwı, "Ashıq byudjet" joybarları, nızamlılıqtı támiyinlew, jınayachılıqtıń aldın alıw, xalıqtıń bántligin arttırıw, awıl xojalıǵı jerleriniń monitoringi hám salıqqa baylanıslı máseleler dodalandı.

Sonıń ishinde, rayon hákimi Valijan Niyazimbetov tárepinen 2025-jılı rayonnıń sociallıq-ekonomikalıq rawajlanıwınıń juwmaqları hám 2026-jılǵa mólsherlengen tiykarǵı wazıypalar boyınsha esabat berildi. Sonday-aq, prokuratura, ishki isler, finans-ekonomika, salıq hám basqa da juwapker shólkemlerdiń basshılarınıń málimlemeleri tıńlandı.

Kún tártibindegi barlıq máseleler hár tárepleme dodalanıp, tiyisli qararlar qabıl etildi.

Slide 1 of 1