Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalliy muammolar va ijro intizomi – diqqat markazida
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Qarori qabul qilindi!!!
янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashi deputati Sharopov Turgunbek Uktamovich Chambil mahallasi hududiga tashrif buyurib, mahallani kompleks rivojlantirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosi bilan joyida tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman kengashi deputati Iboyev Saxiddin navbatdagi uchrashuvini saylovchilar bilan o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Maxmudova Muxayyo Turg‘unovna aholi bilan uchrashdi.
янв.21
Deputat va IIB hamkorligi!!!
янв.21
2- Quruqsoy saylov okrugidan tuman Kengashi deputati Sharopov Turg‘unbek Chiroqchi tumani Chambil mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar
янв.21
Ostonada “Markaziy Osiyo – Italiya” sammiti bo'lib o'tdi
Murojaatnoma

Har bir mahallada 40 tadan mikroloyiha amalga oshiriladi

2026-yilda “mahallada sanoat va xizmat” loyihasi orqali 10 mingdan ziyod ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish loyihalarini ishga tushirish uchun 5 trln. so‘m kredit beriladi. Har bir mahallada 40 tadan mikroloyihani amalga oshirib, 360 ming aholini ishli qilish uchun mahalla bankirlari va hokim yordamchilariga yana 7,5 trln. so‘m resurs ajratiladi.

Davlatimiz rahbarining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida yakuniga yetayotgan yil ham mamlakatimiz uchun g‘oyat murakkab va sinovli bo‘lgani bejiz ta’kidlanmadi. Keskin iqlim o‘zgarishlari, suv va tabiiy resurslar tanqisligi yetmaganidek, geosiyosiy notinchliklar iqtisodiy va siyosiy inqirozlarni yanada kuchaytirdi.

Qanchalik og‘ir bo‘lmasin, ortga qaytmas Yangi O‘zbekiston islohotlari qat’iy davom ettirildi va barcha sohalarda ulkan yutuqlarga erishildi. Albatta, bu xalqimizning, davlatimizning katta yutug‘idir.

O‘tgan yilda tariximizda birinchi marta yalpi ichki mahsulotimiz 145 mlrd dollardan oshdi. Oltin-valyuta zaxiramiz esa ilk bor 60 mlrd. dollarga yetdi. 5 mln. aholi daromadli bo‘lib, ishsizlik darajasi 5,5 dan 4,9 foizga tushdi. Qariyb 1,5 million ehtiyojmand aholi kambag‘allikdan chiqdi va yurtimizda bu bordagi ko‘rsatkich yil boshidagi 8,9 dan 5,8 foizga tushdi.

Eng muhimi, har bir mahalla, har bir xonadon va har bir inson islohotlarimiz samarasini kundalik hayotida his qilmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, biz islohotlarni aniq amaliy natijaga aylantirishni o‘rgandik.

Prezidentimiz Murojaatnomada biz Yangi O‘zbekistonni barpo etishda hal qiluvchi bosqichga qadam qo‘yayotganimizni ta’kidlab, iqtisodiyotning barcha sohalarida yuqori samaradorlikka erishish kelgusi yilda ham islohotlarimizning bosh maqsadi bo‘lishini qayd etdi.

Ayniqsa, iqtisodiyotimizning qon tomiriga aylangan kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga har qachongidanda katta e’tibor qaratiladi. Buning isbotini 2026-yilda asosiy soliq stavkalari o‘zgarmasligi yoki tadbirkorlik infratuzilmasi loyihalariga 10 trln. so‘mdan ziyod mablag‘ ajratilishi, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun esa 140 trln. so‘m resurs berilishi, shundan 43 trln. so‘mi xotin-qizlar va yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilishidan ham bilish mumkin.

Shuningdek, 2026-yilda “mahallada sanoat va xizmat” loyihasi orqali 10 mingdan ziyod ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish loyihalarini ishga tushirish uchun 5 trln. so‘m kredit beriladi. Har bir mahallada 40 tadan mikroloyihani amalga oshirib, 360 ming aholini ishli qilish uchun mahalla bankirlari va hokim yordamchilariga yana 7,5 trln. so‘m resurs ajratiladi.

Bunday ma’lumotlarni uzoq davom ettirish mumkin. Maqsad 2026-yilda 1 million odamni doimiy ish bilan ta’minlab, 181 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish, kambag‘allik va ishsizlik darajasini 4,5 foizga tushirishdir. Eng asosiysi, kelgusi yili iqtisodiyotda 6,6 foiz o‘sishni ta’minlab, yalpi ichki mahsulotni 167 mlrd dollarga yetkazdir.

Albatta, bu jarayonda tadbirkorlarimiz hal qiluvchi kuch sifatida maydonga chiqib, sanoat va servis obyektlarini tashkil qilish orqali doimiy ish o‘rni yaratishda yanada faol bo‘lmog‘i lozim. Davlatimiz esa buning uchun zarur bo‘lgan barcha sharoitlarni yaratadi.

Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, biz – bugun 38 milliondan ziyod katta xalqmiz. Mashaqqatli va sharafli mehnatimiz bilan dunyoda hurmat topayotgan, ertangi kunga ishonch bilan dadil borayotgan, matonatli va g‘ururi baland millatmiz. Biz o‘zgarishlarni kutib yashamaymiz, aksincha, ularni o‘zimiz, o‘z aql-zakovatimiz va mas’uliyatli mehnatimiz bilan yaratamiz.

Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashi raisi Ashurov Mas'ud Ismoilovich