Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalliy muammolar va ijro intizomi – diqqat markazida
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Qarori qabul qilindi!!!
янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashi deputati Sharopov Turgunbek Uktamovich Chambil mahallasi hududiga tashrif buyurib, mahallani kompleks rivojlantirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosi bilan joyida tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman kengashi deputati Iboyev Saxiddin navbatdagi uchrashuvini saylovchilar bilan o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Maxmudova Muxayyo Turg‘unovna aholi bilan uchrashdi.
янв.21
Deputat va IIB hamkorligi!!!
янв.21
2- Quruqsoy saylov okrugidan tuman Kengashi deputati Sharopov Turg‘unbek Chiroqchi tumani Chambil mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar
янв.21
Ostonada “Markaziy Osiyo – Italiya” sammiti bo'lib o'tdi
Prezident Murojaatnomasi o‘rganilmoqda

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash, ushbu muhim hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida Respublika hamda Toshkent viloyati hokimligi vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan Yoshlar markazida
uchrashuv tashkil etildi.
Xalq deputatlari shahar kengashining deputatlari N.Babayev, X.Ibragimova, D.Vaxobjonov va U.Abdunazarovlar tomonidan Prezident Murojaatnomasida ilgari surilgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, aholi farovonligini oshirish, ta’lim sifatini yuksaltirish, mahallalarda sog‘lom
ijtimoiy muhitni mustahkamlashga qaratilgan vazifalar atroflicha tushuntirildi.
Tadbirda shahar aholisi, mahalla faollari, jamoatchilik vakillari,
shahar hokimligi xodimlari hamda korxona va tashkilotlarning mas’ul vakillari faol ishtirok etdi. Shuningdek, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining asosiy yo‘nalishlari, uning amaliy ahamiyati hamda mazkur strategiyada belgilangan vazifalarni joylarda samarali amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv ishtirokchilari tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar kelgusidagi ishlar uchun muhim asos bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi.  

Slide 1 of 4