Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalliy muammolar va ijro intizomi – diqqat markazida
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Qarori qabul qilindi!!!
янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashi deputati Sharopov Turgunbek Uktamovich Chambil mahallasi hududiga tashrif buyurib, mahallani kompleks rivojlantirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosi bilan joyida tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman kengashi deputati Iboyev Saxiddin navbatdagi uchrashuvini saylovchilar bilan o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Maxmudova Muxayyo Turg‘unovna aholi bilan uchrashdi.
янв.21
Deputat va IIB hamkorligi!!!
янв.21
2- Quruqsoy saylov okrugidan tuman Kengashi deputati Sharopov Turg‘unbek Chiroqchi tumani Chambil mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar
янв.21
Ostonada “Markaziy Osiyo – Italiya” sammiti bo'lib o'tdi
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi va 14-yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan Buloqboshi tumanida tadbir o‘tkazildi.

 Bugun tuman Madaniyat markazida 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” bayrami munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi. Tadbirda tumandagi xarbiy qism askar va zobitlari, tuman deputatlari tashkilot va korxona raxbarlari qatnashdilar.  

Tadbir avvalida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Shuxratbek Jalilov barchani bayram munosabati bilan mamlakatimizda keng nishonlanayotganligi, yoshlarni ma’nan va jismonan barkamol qilib tarbiyalash, ularda davlatchiligimiz tarixi bilan faxrlanish tuyg‘usini uyg‘otish, vatanparvarlik tuyg‘usini namoyon qilish, ota-bobolarimiz qoldirgan madaniy meroslarni asrab-avaylash, milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimizni keng targ‘ib qilish, Vatanimiz va xalqimiz tinchligi hamda osoyishtaligi yo‘lida jonini fido qilgan mard va jasur ajdodlarimiz borasida gapirib o‘tdi va Vatan
himoyachilari kuni bayrami bilan qizg‘in tabrikladi.
 

Shuningdek, tadbirda xizmat vazifasini bajarishda o‘zining namunali xulqi, Vatan sarxadlarini qo‘riqlashda bilimi, kuchi va
matonati orqali safdoshlariga ibrat bo‘layotgan bir guruh askar va zobitlar tuman hokimligining Tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
 

Ko'tarinki ruhda tashkil etilgan tadbir so‘ngida tuman Madaniyat bo‘limi tomonidan tayyorlangan bayram konsert dasturi
namoyish etildi.
  

Slide 1 of 9