Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalliy muammolar va ijro intizomi – diqqat markazida
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Qarori qabul qilindi!!!
янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashi deputati Sharopov Turgunbek Uktamovich Chambil mahallasi hududiga tashrif buyurib, mahallani kompleks rivojlantirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosi bilan joyida tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman kengashi deputati Iboyev Saxiddin navbatdagi uchrashuvini saylovchilar bilan o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Maxmudova Muxayyo Turg‘unovna aholi bilan uchrashdi.
янв.21
Deputat va IIB hamkorligi!!!
янв.21
2- Quruqsoy saylov okrugidan tuman Kengashi deputati Sharopov Turg‘unbek Chiroqchi tumani Chambil mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar
янв.21
Ostonada “Markaziy Osiyo – Italiya” sammiti bo'lib o'tdi
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Boyovut tumani "Navbahor" mahallasi hududida joylashgan 48-, 49- va 53-maktablarda 2025/2026 o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ishlari deputat Jumavoy Rahmonqulov tomonidan o‘rganish olib bordi.

🔹 48-maktab to‘liq ta’mirlanib, yangi o‘quv yilini boshlashga to‘liq tayyor holga keltirildi.

🔹 49-maktabning eski binosi kapital ta’mirdan chiqarilib, sinf xonalari foydalanishga tayyor. O‘quvchilarning ta’lim olishida hech qanday to‘siq bo‘lmaydi. Shu bilan birga, yangi qurilayotgan korpus va sport zalida qurilish ishlari davom etmoqda. Mutasaddilar bu obyektlar yaqin oylarda yakunlanishini ma’lum qilishdi. Ishlar jadal sur’atda olib borilmoqda.

🔹 53-maktabda sinf xonalari tayyor, ammo parta, stol-stul va doskalar hali o‘rnatilmagan. Ular 1-sentabrga qadar o‘rnatilishi rejalashtirilgan. Sport zal qurilishi ham davom etmoqda va yaqin 10 kun ichida yakunlanishi kutilmoqda.

✅ Umuman olganda, uchala maktabda ham yangi o‘quv yilini muammosiz boshlash uchun barcha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Slide 1 of 6