Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalliy muammolar va ijro intizomi – diqqat markazida
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Qarori qabul qilindi!!!
янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashi deputati Sharopov Turgunbek Uktamovich Chambil mahallasi hududiga tashrif buyurib, mahallani kompleks rivojlantirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosi bilan joyida tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman kengashi deputati Iboyev Saxiddin navbatdagi uchrashuvini saylovchilar bilan o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Maxmudova Muxayyo Turg‘unovna aholi bilan uchrashdi.
янв.21
Deputat va IIB hamkorligi!!!
янв.21
2- Quruqsoy saylov okrugidan tuman Kengashi deputati Sharopov Turg‘unbek Chiroqchi tumani Chambil mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar
янв.21
Ostonada “Markaziy Osiyo – Italiya” sammiti bo'lib o'tdi
Xalq deputatlari Furqat tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida bir qator masalalar ko‘rib chiqildi

Xalq deputatlari Furqat tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida bir qator masalalar ko‘rib chiqildi

Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining o‘ninchi sessiyasida tuman Kengashi deputatlari, tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiya davomida,

➖ “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida; 

➖ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 20 dekabrdagi “Hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish va aholi bandligini ta’minlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish hamda bu borada mahalliy hokimliklarning roli va mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-223-sonli Farmoning tumandagi ijrosi to‘g‘risida;

➖ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-dekabrdagi “Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda investitsiya va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-440-sonli qarori ijrosi to‘g‘risida;

➖ O‘zbekiston Republikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi

navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-330-sonli qarorining tumanda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;

➖ Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi daromadlari va xarajatlari ijrosi to'g'risida;

➖ Furqat tuman mahalliy budjetining 2025 yil 2-chorak ijrosi va tuman mahalliy budjetiga shakllagan qo‘shimcha manbaalar hamda budjetdan ajratiladigan mablag‘lar kamaytirilishi natijasida bo‘shab qolgan qo‘shimcha mablag‘lardan foydalanish to‘g‘risida;

➖ Tumandagi mahallalar hamda migratsiyadagi yoshlar bilan o‘tkazilgan muloqot va uchrashuvlar to‘g‘risida;

➖ Furqat tumanida To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi masalalar o‘rin oldi.

Kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan mas’ul va ma’ruzachilarning hisobot hamda axborotlari tinglandi. 

Sessiyada muhokama qilingan masalalar va qabul qilinganyotgan qarorlarga deputatlar tomonidan turli savollar va qizg‘in bahslarga boy bo‘ldi. Sessiyaning oxirida har bir masala bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining ushbu sessiyasi tuman Kengashinining facebook ijtimoiy sahifasi orqali jonli efirga (https://www.facebook.com/share/v/178yW2UVLm/) uzatib borildi.

Slide 1 of 10