Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalliy muammolar va ijro intizomi – diqqat markazida
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Qarori qabul qilindi!!!
янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashi deputati Sharopov Turgunbek Uktamovich Chambil mahallasi hududiga tashrif buyurib, mahallani kompleks rivojlantirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosi bilan joyida tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman kengashi deputati Iboyev Saxiddin navbatdagi uchrashuvini saylovchilar bilan o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Maxmudova Muxayyo Turg‘unovna aholi bilan uchrashdi.
янв.21
Deputat va IIB hamkorligi!!!
янв.21
2- Quruqsoy saylov okrugidan tuman Kengashi deputati Sharopov Turg‘unbek Chiroqchi tumani Chambil mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar
янв.21
Ostonada “Markaziy Osiyo – Italiya” sammiti bo'lib o'tdi
Ma'rifat mahallasida sayyor qabul: fuqarolar murojaatlari tinglandi

Ma'rifat mahallasida sayyor qabul: fuqarolar murojaatlari tinglandi

Aholining turmush sharoitini yaxshilash, muammolarini joyida hal etish va takliflarini tinglash maqsadida Nurafshon shahrida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.

Nurafshon shahri Ma’rifat mahalla fuqarolar yig‘ini binosida bo‘lib o‘tgan qabulda shahar hokimligi bosh yuriskonsulti A. Muqimov, shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Sh. Tilavov, Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi kotibiyati mudiri K. Umarbayev hamda tegishli korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar.

Qabul davomida 23 nafar fuqaroning murojaatlari tinglandi. Ular orasida moddiy yordam, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, uy-joy ta’miri, kredit olish, yo‘llarni asfaltlash, ichimlik suvi, kontrakt to‘lovlari va ko‘cha chiroqlarini o‘rnatish masalalari ko‘tarildi.

Murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi. Muddat talab qiluvchi masalalar esa tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

Slide 1 of 7