Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashi deputati Sharopov Turgunbek Uktamovich Chambil mahallasi hududiga tashrif buyurib, mahallani kompleks rivojlantirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosi bilan joyida tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman kengashi deputati Iboyev Saxiddin navbatdagi uchrashuvini saylovchilar bilan o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Maxmudova Muxayyo Turg‘unovna aholi bilan uchrashdi.
янв.21
Deputat va IIB hamkorligi!!!
янв.21
2- Quruqsoy saylov okrugidan tuman Kengashi deputati Sharopov Turg‘unbek Chiroqchi tumani Chambil mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar
янв.21
Ostonada “Markaziy Osiyo – Italiya” sammiti bo'lib o'tdi
янв.21
Tadbirkor yuragida orzu, qo'lida yechim bo'ladi
янв.21
Deputatlik guruxining yig‘ilishi o‘tkazildi
Navoiy shahrida “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xashari boshlandi

Navoiy shahrida “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xashari boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligi bayrami arafasida mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi, Navoiy shahrida ham keng ko‘lamli obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va qurilish ishlari olib borilmoqda. Bugun Navoiy shahrining qaysi burchagiga qaramang, keng ko‘lamdagi bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini ko‘rib, ko‘zingiz quvonadi, yashashga ishtiyoqingiz oshadi.

Bu ezgu ishlar markazida xalq manfaati, mahalla va shahar muhitini yanada go‘zal va tartibli holga keltirish maqsadi mujassam.

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 22–23 avgust kunlari “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hasharini o‘tkazish to‘g‘risidagi farmoyishiga asosan, Navoiy shahri va “Istiqlol” mahallasining barcha faollari hamda fuqarolari mazkur tadbirda faol va ixtiyoriy ishtirok etishga chorlandi.

Xayriya hashari doirasida amalga oshirilayotgan asosiy ishlar quyidagilardan iborat:

mahalladagi ko‘cha va yo‘laklar, aholi punktlari, bolalar maydonchalari, xiyobonlar, qabristonlarni tozalash;

daraxtlarni oqlash, butash, yashil hududlarni parvarish qilish;

ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami – yolg‘iz qariyalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va ehtiyojmand oilalarning uy-joylarini tozalash va ta’mirlashda ko‘maklashish;

tadbir ishtirokchilarini zarur texnika vositalari va anjomlar bilan ta’minlash;

hashar paytida to‘plangan chiqindilarni mahalliy hokimiyat organlari va mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda maxsus belgilangan joylarga olib chiqish ishlarini samarali tashkil etish.

Farmoyishda alohida ta’kidlanganidek, xayriya hasharini o‘tkazish jarayonida fuqarolarni qurilish-ta’mirlash yoki qishloq xo‘jaligi ishlariga majburiy jalb etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Barcha faoliyat faqat ixtiyoriylik va fidoyilik asosida tashkil etiladi.

Men, shahar Kengashi deputati sifatida, bunday keng qamrovli obodonlashtirish tadbirlari nafaqat shahrimizning ko‘rkini oshirishini, balki yurtdoshlarimizning birdamligi va jipsligini yanada mustahkamlashini alohida ta’kidlamoqchiman. Mustaqillik – xalqimizning eng ulug‘ ne’matidir. Unga munosib tarzda tayyorgarlik ko‘rish, muhitni obod qilish, insonparvarlik va o‘zaro yordamlashish ruhini yosh avlod qalbiga singdirish – bugungi kunning dolzarb vazifasidir, deb hisoblayman.

Buyuk bayram arafasida xalqimizning ana shunday yagona maqsad yo‘lida jipslashgani, Navoiy shahar aholisining o‘z yurtiga bo‘lgan mehri va e’tibori har bir xonadonda, har bir ko‘chada yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

Obod va farovon Vatan bunyodkorlari bo‘lgan yurtdoshlarimizning ushbu ezgu harakatlariga minnatdorchilik bildiramiz. Barcha shahar Kengashi deputatlarini ham o‘z saylov okruglarida ana shu xayrli tadbirda faol ishtirok etishga chaqirib qolaman.

🇺🇿Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Azimov Amir Abralovich