Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashi deputati Sharopov Turgunbek Uktamovich Chambil mahallasi hududiga tashrif buyurib, mahallani kompleks rivojlantirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosi bilan joyida tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman kengashi deputati Iboyev Saxiddin navbatdagi uchrashuvini saylovchilar bilan o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Maxmudova Muxayyo Turg‘unovna aholi bilan uchrashdi.
янв.21
Deputat va IIB hamkorligi!!!
янв.21
2- Quruqsoy saylov okrugidan tuman Kengashi deputati Sharopov Turg‘unbek Chiroqchi tumani Chambil mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar
янв.21
Ostonada “Markaziy Osiyo – Italiya” sammiti bo'lib o'tdi
янв.21
Tadbirkor yuragida orzu, qo'lida yechim bo'ladi
янв.21
Deputatlik guruxining yig‘ilishi o‘tkazildi
Deputatlar tuman tibbiyot muassasalarida olib borilayotgan ishlarni o‘rganmoqdalar

 Deputatlar tuman tibbiyot muassasalarida olib borilayotgan ishlarni o‘rganmoqdalar 

Joriy yil 7
may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida sog‘liqni
saqlash tizimini takomillashtirishga bag‘ishlab o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishda
belgilangan vazifalar, xususan “90 kunlik o‘zgarishlar vaqti” doirasidagi topshiriqlar
ijrosini ta’minlash maqsadida, Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputatlari
tumandagi tibbiyot muassasalari faoliyatini o‘rganish ishlarini olib bormoqdalar. 

Shu maqsadda
deputatlar tumandagi bir qator oilaviy poliklinikalarda bo‘lib, ularda amalga oshirilayotgan
qurilish, ta’mirlash va moddiy-texnik bazani mustahkamlash ishlari bilan yaqindan
tanishdilar. 

Xususan, Taxtako‘prik
mahallasidagi “Maslahat-diagnostika” bo‘limi, Gulobod mahalla fuqarolar yig‘ini
hududidagi 2-son oilaviy poliklinika hamda Pastki Xuja Xasan mahalla fuqarolar yig‘inida
joylashgan 10-son oilaviy poliklinikada olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari
ko‘zdan kechirildi. 

 Shuningdek, ta’mirlash jarayonlari o‘rganilib,
aniqlangan kamchiliklar mas’ullarga ko‘rsatildi va ularni bartaraf etish bo‘yicha
tegishli tavsiyalar berildi. 

Qayd etish joizki,
mazkur tashriflar tumanda sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, aholiga yaqin
va qulay tibbiy xizmatlarni tashkil etish hamda Prezident topshiriqlarining amaldagi
ijrosini ta’minlashga qaratilgan keng qamrovli ishlarning muhim qismini tashkil
etadi.  

Slide 1 of 8