Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashi deputati Sharopov Turgunbek Uktamovich Chambil mahallasi hududiga tashrif buyurib, mahallani kompleks rivojlantirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosi bilan joyida tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman kengashi deputati Iboyev Saxiddin navbatdagi uchrashuvini saylovchilar bilan o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Maxmudova Muxayyo Turg‘unovna aholi bilan uchrashdi.
янв.21
Deputat va IIB hamkorligi!!!
янв.21
2- Quruqsoy saylov okrugidan tuman Kengashi deputati Sharopov Turg‘unbek Chiroqchi tumani Chambil mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar
янв.21
Ostonada “Markaziy Osiyo – Italiya” sammiti bo'lib o'tdi
янв.21
Tadbirkor yuragida orzu, qo'lida yechim bo'ladi
янв.21
Deputatlik guruxining yig‘ilishi o‘tkazildi
Huquqiy ko‘mak

 "Adolat" SDP Bekobod shahar Kengashi raisi, Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashi deputati G.Sharipova tomonidan "Inson"ijtimoiy xizmatlar markazi xodimi bilan hamkorlikda 2025-yil avgust oyi "Huquqiy ko‘mak" fuqarolarga bepul huquqiy yordam aksiyasi doirasida shahardagi "Metallurg" mfy binosida mahallada istiqomat qiluvchi fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil qilindi. Sayyor qabul davomida aholini huquqiy savodxonligini oshirish va ularning muammolarini qonuniy hal qilish borasida hamkor tashkilotlar bilan olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, qabulda “Shijoat” ko‘chasi 19-uyda yashovchi fuqaro R.Valiyevga dori-darmon masalasida amaliy
yordam berish hamda kadastr muammosi bo‘yicha davlat xizmatlari
orqali elektron ariza berish haqida huquqiy tushintirish berildi. "Yolg‘iz yashovchi keksa" deb e’tirof etilgan, uy-joyga ega bo‘lmagan Gridnev Aleksandr Viktorovichni IIVning uy-joyga ega bo‘lmagan shaxslarni reablitatsiya qilish markazlari hududida tashkil etilgan vaqtinchalik boshpana (shelter) ga joylashtirish bo‘yicha huquqiy maslahat berildi.  

Slide 1 of 2