Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar
янв.21
Ostonada “Markaziy Osiyo – Italiya” sammiti bo'lib o'tdi
янв.21
Tadbirkor yuragida orzu, qo'lida yechim bo'ladi
янв.21
Deputatlik guruxining yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Tadbirkorlik rivoji uchun yangi sharoit va imkoniyatlar
янв.21
Tadbirkor-elga madadkor
янв.21
So'ngi qo'ng'iroq
янв.21
Prezidentimizning Vengriya va Sloveniyaga rasmiy tashrifi menda katta taassurot qoldirdi
янв.21
Ilm – eng buyuk sharaf!
Munosabat

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha uchinchi konferensiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mintaqaviy hamkorlik, transport va logistika sohalaridagi tashabbuslari alohida e’tirofga loyiqdir.

Prezident Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekiston so‘nggi yillarda dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan davlatlarning infratuzilmaviy cheklovlarini yengib o‘tish, mintaqaviy bog‘liqlikni mustahkamlash hamda savdo yo‘llarini diversifikatsiya qilish borasida faol tashqi siyosat yuritmoqda. Xususan, Trans-Afg‘oniston temir yo‘li loyihasi, "Shimol–Janub" va "Sharq–G‘arb" transport yo‘laklarining rivojiga qo‘shilayotgan hissa, O‘zbekistonning strategik yondashuvi va uzoqni ko‘zlab qilingan siyosiy irodasining yaqqol namunasidir.

Shuningdek, Prezident Mirziyoyevning mintaqada barqarorlikni ta’minlash, xavfsizlikni mustahkamlash va barcha davlatlar uchun teng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan sa’y-harakatlari xalqaro hamjamiyat tomonidan yuqori baholanmoqda. Uning ko‘p qirrali diplomatiyasi tufayli O‘zbekiston BMT kabi nufuzli xalqaro tuzilmalarning ishonchli va faol hamkoriga aylanmoqda.

Dengizga chiqish imkoni yo‘q mamlakatlarning iqtisodiy o‘sishiga to‘siq bo‘layotgan muammolarni hal etishda O‘zbekistonning sa’y-harakatlari va amaliy tashabbuslari barcha ishtirokchi davlatlar uchun ilhom manbaiga aylangani, ushbu konferensiyaning asosiy xulosalaridan biri sifatida qayd etiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Arqadag‘ va mintaqaning barcha davlatlari rahbarlari Markaziy Osiyoda hamkorlikni ilgari surishga ulkan hissa qo‘shayotganini alohida qayd etdi. Bugun butun xalqaro hamjamiyat mintaqaviy sheriklik va o‘zlikning yangi modelini barpo etishdagi umumiy muvaffaqiyatlarimizni e’tirof etayotgani ta’kidlandi.

Xalq deputatlari Paxtakor tuman kotibiyati mudiri Mamanova Karomat.

Slide 1 of 1