Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalliy muammolar va ijro intizomi – diqqat markazida
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Qarori qabul qilindi!!!
янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashi deputati Sharopov Turgunbek Uktamovich Chambil mahallasi hududiga tashrif buyurib, mahallani kompleks rivojlantirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosi bilan joyida tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman kengashi deputati Iboyev Saxiddin navbatdagi uchrashuvini saylovchilar bilan o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Maxmudova Muxayyo Turg‘unovna aholi bilan uchrashdi.
янв.21
Deputat va IIB hamkorligi!!!
янв.21
2- Quruqsoy saylov okrugidan tuman Kengashi deputati Sharopov Turg‘unbek Chiroqchi tumani Chambil mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar
янв.21
Ostonada “Markaziy Osiyo – Italiya” sammiti bo'lib o'tdi
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

📝 Yig‘ilish kun tartibidagi asosiy masalalar:

1️⃣ Davlat mulkini xususiylashtirish jarayoni muhokama qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 21 apreldagi 70-sonli farmoni ijrosi doirasida Jomboy tumanida olib borilayotgan xususiylashtirish ishlari bo‘yicha tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Xasanov Shoxrux Farxodovich hisobot berdi.

2️⃣ Energiya resurslaridan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Prezident qarori (PQ-133-son) ijrosi doirasida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jomboy tuman elektr ta’minoti korxonasi rahbari Bahromov Sherali Kamolovich amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berdi.

3️⃣ Ekologik nazorat va atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha hisobot tinglandi.

Tuman ekologiya bo‘limi rahbari Rahmatov Jo‘rabek Nuriddinovich tomonidan atrof-muhitni ifloslanishidan himoya qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish yuzasidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar haqida hisobot berildi.

4️⃣ Tumanni rivojlantirish bo‘yicha “Islohotlar shtabi” rejasi ko‘rib chiqildi.

Mahallalarni rivojlantirish, investisiya, eksport, yangi ish o‘rinlari yaratish va kambagallikni qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

5️⃣ Mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalaridan foydalanish masalasi muhokama qilindi.

Tuman mahalliy byudjeti mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish yuzasidan takliflar ko‘rib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

👥 Yig‘ilishda xalq deputatlari, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. Barcha masalalar yuzasidan aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

📌 Jomboy tumanidagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning muhim masalalari muhokama qilingan ushbu yig‘ilish o‘zining konstruktiv va samarali muhiti bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Slide 1 of 4