Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar
янв.21
Ostonada “Markaziy Osiyo – Italiya” sammiti bo'lib o'tdi
янв.21
Tadbirkor yuragida orzu, qo'lida yechim bo'ladi
янв.21
Deputatlik guruxining yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Tadbirkorlik rivoji uchun yangi sharoit va imkoniyatlar
янв.21
Tadbirkor-elga madadkor
янв.21
So'ngi qo'ng'iroq
янв.21
Prezidentimizning Vengriya va Sloveniyaga rasmiy tashrifi menda katta taassurot qoldirdi
янв.21
Ilm – eng buyuk sharaf!
Sessiyada ko‘tarilgan masalalar - deputatlar nazoratida.

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashining ettinchi chaqiriq 14-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida deputatlar tomonidan 12 ta masala ko‘rib chiqildi. Jumladan, 2025-yil davlat dasturi ijrosi to‘g‘risida shahar hokimi N.Babayevning hisoboti eshitildi. Shahar prokurori adliya maslahatchisi B.Ilyasovning korrupsiyaviy holatlar va korrupsiyaga oid xavf-xatarlarning oldini olish hamda Korrupsiyaga qarshi kurashishda rahbar va xodimlar orasida ushbu illatni oldini olish to‘g‘risida hamda yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish yuzasidan axboroti tinglandi. Bekobod shahar IIB tomonidan shaharda huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risida shahar IIB boshlig‘i podpolkovnik F.Ismoilovni hisoboti va shaharda xavfsiz va ravon yo‘l umumilliy dasturi va avtomabil yo‘llarida inson xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida Bekobod shahar IIB JXX YXHB boshlig‘i X.Babayevning hisoboti muhokama etildi.

Shahar mahalliy byudjeti daromadlarini bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash to‘g‘risidagi shahar Soliq inispeksiyasi boshlig‘i F.Mamatqulovning va shahar mahalliy byudjetning hamda “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasi mablag‘larining sarflanishi yuzasidan 6 oylik yakunlari to‘g‘risida shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limini hisoboti eshitildi. Shuningdek, ishsizlikni kamaytirish va bandlikni ta’minlash to‘g‘risida shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi rahbari I.Axmadaliyevning, shahar Maktabgacha va maktab ta’limi tizimini rivojlantirish borasida shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri R.Sharipovni, Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish to‘g‘risida shahar “Inson” ijtimoiy xizmat markazi rahbari Sh.Mamarizayevni va mahallalar uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirish yuzasidan Mahalla uyushmasi shahar bo‘limi rahbari D.Vaxobjonovning hisobotlari muhokama etildi. Sessiyaga kiritilgan har bir masala tegishli doimiy komissiyalar tomonidan joylarga chiqib sayyor yig‘ilishlar o‘tkazilib, masalalar atroflicha o‘rganildi. Sessiyada ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, ijrosi deputatlar tomonidan nazoratga olindi.

Slide 1 of 9