Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman kengashi deputati Iboyev Saxiddin navbatdagi uchrashuvini saylovchilar bilan o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Maxmudova Muxayyo Turg‘unovna aholi bilan uchrashdi.
янв.21
Deputat va IIB hamkorligi!!!
янв.21
2- Quruqsoy saylov okrugidan tuman Kengashi deputati Sharopov Turg‘unbek Chiroqchi tumani Chambil mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar
янв.21
Ostonada “Markaziy Osiyo – Italiya” sammiti bo'lib o'tdi
янв.21
Tadbirkor yuragida orzu, qo'lida yechim bo'ladi
янв.21
Deputatlik guruxining yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Tadbirkorlik rivoji uchun yangi sharoit va imkoniyatlar
Yangi Konsepsiya – islohotlarning yangi bosqichi

Prezidentimiz tomonidan 2025-yil 23-iyun kuni tasdiqlangan PF 98- sonli farmoniga asosan “O‘zbekiston respublikasi mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish” Konsepsiyasi ishlab chiqildi.

Ushbu Konsepsiya mahalliy Kengashlar faoliyatini samarali tashkil qilish, O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Senati va boshqa davlat organlari bilan hamkorligini rivojlantirish, Kengash faoliyatida jamoatchilikning keng ishtirokini ta’minlash, qolaversa, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining tashabbuskorligini yanada oshirish maqsadida ishlab chiqildi.

Yangi Konsepsiyada mahalliy Kengashlarning huquq va vakolatlari kengaytirildi. Unga ko‘ra:

- Davlat binolarini ijaraga berishda minimal narxni mahalliy Kengash belgilaydi.

- Qabristonlar va dafn xizmatlari bo‘yicha narxlar har bir hududning ahvoli va imkoniyatiga qarab Kengash tomonidan tasdiqlanadi.

- Ish topishda qiynalayotgan fuqarolar uchun joylarda maxsus ish o‘rinlari ajratish majburiyati belgilanib, ijtimoiy himoyani amaliy ta’minlashda Kengashlar faol ishtirok etadi.

- Ayrim ko‘chalarda harakat tezligini oshirish yoki pasaytirish vakolati Kengashga o‘tadi.

- Mahalliy byudjet harajatlarining bir qismi Kengash deputatlari tashabbusi asosida tasdiqlanadi

- Mahalliy Kengashlar qoshida “Yoshlar guruhlari” tashkil etiladi.

-Mahalliy Kengashlar qoshida NNT, olimlar, mahalla raislari ishtirokida “Maslahat guruhlari” tashkil etiladi.

- Kengashlar moliya tizimiga ega bo‘ladi.

- Kengashlarda rais o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi.

- Hokim o‘rinbosarligiga nomzodlar mahalliy Kengash komissiyalarida muhokama qilinadi.

- “Kengash soati” instituti joriy qilinib, ijro hokimiyati va jamoatchilik o‘rtasidagi muloqot to‘g‘ridan to‘g‘ri shakllanadi.

-Kengashlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, deputatlarni rag‘batlantirish, moddiy texnik sharoitlarini yaxshilashga e’tibor qaratiladi.

-Mansabdor shaxslarning odob-ahloq qoidalariga rioya etish ustidan deputat nazorati kuchaytiriladi.

Ko‘rib turganimizdek, yangi Konsepsiyaga ko‘ra, islohotlarni yangi bosqichga olib chiqishda deputatlarimizga vakolat berish bilan birga ulardan mas’uliyat, majburiyat, holislik, ochiqliklik, shaffoflik va qat’iyatlilik ham talab qilinadi.         

Zero, davlat va jamiyat o‘rtasidagi ishonchli ko‘prik vazifasini sidqidildan o‘tash orqali xalqni rozi qilish deputatning muhim vazifasidir.

Slide 1 of 1