Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashi deputati Sharopov Turgunbek Uktamovich Chambil mahallasi hududiga tashrif buyurib, mahallani kompleks rivojlantirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosi bilan joyida tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman kengashi deputati Iboyev Saxiddin navbatdagi uchrashuvini saylovchilar bilan o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Maxmudova Muxayyo Turg‘unovna aholi bilan uchrashdi.
янв.21
Deputat va IIB hamkorligi!!!
янв.21
2- Quruqsoy saylov okrugidan tuman Kengashi deputati Sharopov Turg‘unbek Chiroqchi tumani Chambil mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar
янв.21
Ostonada “Markaziy Osiyo – Italiya” sammiti bo'lib o'tdi
янв.21
Tadbirkor yuragida orzu, qo'lida yechim bo'ladi
янв.21
Deputatlik guruxining yig‘ilishi o‘tkazildi
Salomatlikni yaxshilash, ekologik turmush tarzini shakllantirish !

 “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida ham salomatlikni yaxshilash, ekologik turmush tarzini shakllantirish va inson salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun shart-sharoitlarni yaratishda aholining kundalik hayotiga ekologik tamoyillarni singdirishga alohida ahamiyat qaratilgan. Shu orqali mamlakatimizda “Ekofaol fuqaro” hayot tarzini keng targ‘ib qilishga oid “Bir million yashil oila” umummilliy harakatini
yo‘lga qo‘yish va aholi orasida targ‘ib qilish ishlarini tashkil etish bo‘yicha asosiy tamoyillar belgilab berildi.
 

Bugun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, eng avvalo, inson qadrini ulug‘lashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.  

Aholi orasida sog‘lom turmush tarzi, xususan, tibbiy madaniyatni oshirish, sog‘lom ovqatlanish, kunlik yurish va yugurishni targ‘ib qilish, “yashil transportda”, shu jumladan, velosipedda harakatlanishni rag‘batlantirish, plastik mahsulotlardan foydalanishni kamaytirish, oziq-ovqat isrofgarchiligining oldini olish, suv, gaz va elektr energiyasi resurslaridan oqilona foydalanish, chiqindilarni turlariga qarab saralashni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutildi. 

Yuqoridagi tamoyillar asosida “Bir million yashil oila” umummilliy harakati platformasini ishga tushirish belgilangan. 

Bunda ekologik tamoyillarni o‘zining kundalik hayotiga joriy etishda yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan fuqarolarga “Ekofaol fuqaro” maqomini berish hamda ular uchun davlat xizmatlaridan foydalanishda 10 foiz chegirma va davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan banklarda iste’mol kreditini olishda chegirma taqdim etiladi. 

Bugungi kunda sog‘lom turmush tarzini aholi o‘rtasida yanada keng targ‘ib qilish, xalqimiz orasida uni umummilliy harakatga aylantirish har birimizni o‘ylantiradigan masala hisoblanadi. 

Buning uchun tegishli vazirlik va idoralar, mas’ullarning hamkorlikdagi ishlarini yanada kengaytirish, “To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi” hamda “Sog‘lom oila”ni shakllantirish umummilliy harakati doirasida aholi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot sa’y-harakatlarini olib borish maqsadga muvofiqdir. 

Har bir mahallada aholining jismoniy faolligini oshirish va yo‘l harakatining xavfsiz va faol usullaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish orqali “Salomatlik yo‘lakchalari” tashkil etish hamda ularda rag‘batlantiruvchi ko‘rsatkichlarni o‘rnatish ayni muddao. 

Mahallada faol, ibratli, ziyoli oilalar vakillari hamda ko‘ngilli yoshlardan iborat guruhlar shakllantirilib, “Salomatlik maktabi” tuziladi. Uning a’zolarining vazifalari belgilab olinadi. 

“Salomatlik maktabi” a’zolari bilan sog‘lom ovqatlanish asoslari, jismoniy faollik, zararli odatlarga qarshi kurashish, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish bo‘yicha seminar
o‘tkaziladi, aholi orasida, oila va xonadonlarda amaliy targ‘ibot tadbirlari tashkil qilinadi.
 

Mahallalardagi katta yoshli aholi orasida to‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida uyushmagan katta yoshdagi ayollar orasida “E’zozli ayollar”, erkaklar orasida Faxriy nuroniy” klublarini tashkil qilish ham maqsadga muvofiqdir. 

Albatta, bunday targ‘ibot usuli nafaqat mahallalarda, har bir tashkilot va muassasalarda, korxonalarda keng targ‘ib qilinishi kerak. Shundagina biz oldimizga qo‘ygan ulkan maqsad — xalq salomatligi uchun qo‘yilgan qadamni dadil bosib, sog‘lom turmush tarziga kirib boramiz. 

Davlat dasturida aholi salomatligini mustahkamlash maqsadida sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotini kuchaytirish maqsadida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda har bir fuqaro, har bir davlat muassasasi, har bir jamoatchilik tashkilotlari — barcha o‘z hissasini qo‘shishi kerak.