Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashi deputati Sharopov Turgunbek Uktamovich Chambil mahallasi hududiga tashrif buyurib, mahallani kompleks rivojlantirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosi bilan joyida tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman kengashi deputati Iboyev Saxiddin navbatdagi uchrashuvini saylovchilar bilan o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Maxmudova Muxayyo Turg‘unovna aholi bilan uchrashdi.
янв.21
Deputat va IIB hamkorligi!!!
янв.21
2- Quruqsoy saylov okrugidan tuman Kengashi deputati Sharopov Turg‘unbek Chiroqchi tumani Chambil mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar
янв.21
Ostonada “Markaziy Osiyo – Italiya” sammiti bo'lib o'tdi
янв.21
Tadbirkor yuragida orzu, qo'lida yechim bo'ladi
янв.21
Deputatlik guruxining yig‘ilishi o‘tkazildi
MUSTAQILLIK — MILLIY G'URUR VA TARAQQIYOT POYDEVORI !

“O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Ushbu qaror asosida mustaqilligimizning o‘ttiz to‘rt yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirlari “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan ezgu g‘oya asosida o‘tkazilishi qayd etilgan. Shuningdek, har yilgi an’analarga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi o‘z davlat mustaqilligining 34 yilligini butun mamlakat bo‘ylab keng nishonlanishi ko‘zda tutilgan. Bu ulug‘ va tarixiy sana xalqimizning milliy o‘zligini, yurtimizdagi tinchlik va barqarorlikni, hamda erishilgan yutuqlarimizni yana bir bor eslatuvchi muqaddas bayramdir. Har yili G'ozg'oz shahrida ham istiqlol tantanalari katta shodiyonu xursandchilik bilan o‘tkaziladi. Hozirdan shahar bo‘ylab obodonlashtirish, bunyodkorlik ishlari, ekologik tadbirlar amalga oshirilmoqda, desam mubolag‘a bo‘lmaydi.
Mustaqillik — bu biz uchun shunchaki tarixiy voqelik emas, balki erkin hayot, tinchlik, taraqqiyot va o‘z taqdirimizga egalik qilish huquqi demakdir. Mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar — bu Prezidentimiz rahnamoligida olib borilayotgan islohotlar, xalqimiz mehnati va birdamligining samarasidir. Bu yilgi bayramni ham ana shu yutuqlarni e’tirof etish, kelajakka ishonch bilan qarash ruhida nishonlanishiga har birimiz o‘zimizning munosib hissamizni qo‘shishimiz kerak.

G'ozg'on shahrida istiqlol yillarida ulkan o‘zgarishlar ro‘y berdi. Yangi mahallalar, zamonaviy uy-joylar, maktab va bog‘chalar, sog‘liqni saqlash muassasalari, yo‘l va infratuzilmalar barpo etildi. Bu islohotlarda mahalliy kengash deputatlari ham faol ishtirok etib, xalq bilan muloqot, muammolarni aniqlash va yechim topishda o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Biz deputatlar xalq va hokimiyat o‘rtasidagi ko‘prik vazifasini bajaramiz. Mustaqilligimizning 34 yilligi arafasida har bir fuqaro uchun yaratilgan imkoniyatlarning yanada kengaytirilishi yo‘lida faol harakatda bo‘lamiz. O‘z okrugimiz hududidagi saylovchilar bilan ochiq muloqotlar tashkil etib, mustaqilligimizning mohiyatini yana bir bor tushuntiramiz. Aholi bilan homiylar asosida hasharlar tashkil etib, ko‘rik-tanlovlar, bayram dasturxonlarini tashkil etamiz. O‘zim deputatlikka saylangan mahallada ham mustaqillik bayramining 34 yilligini munosib kutib olish uchun barcha tashkiliy tadbirlarni tashkil etishda astoydil harakat qilamiz. G'ozg'on shahar Kengashi deputatlari xalq vakillarining faoliyati va istiqlolga bo‘lgan sadoqati, albatta, jamiyatda ijobiy kayfiyat va faollikni oshiradi. Mustaqillik bayramining ana shunday yuksak ruhda nishonlanishi kelajak avlod uchun ham yuksak ilhom va tarbiya maktabiga aylanishi shubhasiz. Bunday ezgu ishlardan hech birimiz chetda qolib ketmasligimiz kerak.

Xalq deputatlari G'ozg'on shahar Kengashi deputati Ro‘ziyev Zuhriddin Muhiddinovich