Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashi deputati Sharopov Turgunbek Uktamovich Chambil mahallasi hududiga tashrif buyurib, mahallani kompleks rivojlantirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosi bilan joyida tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman kengashi deputati Iboyev Saxiddin navbatdagi uchrashuvini saylovchilar bilan o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Maxmudova Muxayyo Turg‘unovna aholi bilan uchrashdi.
янв.21
Deputat va IIB hamkorligi!!!
янв.21
2- Quruqsoy saylov okrugidan tuman Kengashi deputati Sharopov Turg‘unbek Chiroqchi tumani Chambil mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar
янв.21
Ostonada “Markaziy Osiyo – Italiya” sammiti bo'lib o'tdi
янв.21
Tadbirkor yuragida orzu, qo'lida yechim bo'ladi
янв.21
Deputatlik guruxining yig‘ilishi o‘tkazildi
"Vatan uchun, Millat uchun, Xalq uchun!" – Bayramning asosiy g‘oyasi

"Vatan uchun, Millat uchun, Xalq uchun!" – Bayramning asosiy g‘oyasiJuly

Joriy yilning 10 iyul kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va uni munosib nishonlash to‘g‘risida”gi Qaror imzolandi. Qarorda bu yilgi mustaqillik bayrami "Vatan uchun, Millat uchun, Xalq uchun!" degan ulkan ma’noga ega g‘oya asosida nishonlanishi belgilab berildi.

Bu g‘oya yurtimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning, yangilanish va taraqqiyot harakatlarining asosiy mazmunini ifodalaydi. Ayniqsa, bu yilgi bayramning mazmun-mohiyati, ruhi va yo‘nalishi aynan xalq bilan xalq uchun, millat va kelajak avlod uchun xizmat qilish g‘oyasiga bog‘langani bilan alohida ahamiyat kasb etadi.

Prezidentimizning mazkur qarorida ta’kidlanganidek, bayram tadbirlari:

milliy qadriyatlarimizni, milliy o‘zlikni va vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlashga,

jamiyatda birdamlik va hamjihatlikni kuchaytirishga,

yosh avlodni ona Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashga qaratilgan bo‘ladi.

"Vatan uchun, Millat uchun, Xalq uchun!" shiori – bu so‘z emas, balki har bir yurtdoshimizning kundalik mehnatga, el-yurtga sadoqat bilan xizmat qilishga bo‘lgan chaqiriqidir. Ushbu g‘oya xalq va davlat birdamligiga asoslangan yangi O‘zbekiston siymosini yaratishda barchamiz uchun mafkuraviy tayanch bo‘lib xizmat qiladi.

Mustaqillik – bu shonli tarix, tinchlik va barqarorlik ramzi, xalqimizning erkin va farovon hayot qurishga bo‘lgan haqli intilishi timsoli hisoblanadi. Mustaqillikni asrash va uning ma’nosini chuqur anglash har bir vatan farzandining muqaddas burchi hisoblanadi.

Bu yilgi bayram tadbirlarida nafaqat rasmiy tantanalar, balki amaliy ishlar – yangi ish o‘rinlari yaratish, mahallalarni obod qilish, ehtiyojmand qatlamlarni qo‘llab-quvvatlashga doir dasturlar amalga oshiriladi. Zero, bayramning ruhi ham, mazmuni ham xalq manfaatini ta’minlashga qaratilgan bo‘lishi shart.

Xulosa o‘rnida, aytish mumkinki, “Vatan uchun, Millat uchun, Xalq uchun!” degan g‘oya bu yilgi bayramning shunchaki shiori emas, balki yangilanish, birdamlik va xalq bilan yashayotgan davlat siyosatiga bo‘lgan ishonchning ifodasidir.

 

Oqoltin tumani kengashi deputati: Esanbay Babayev 

Slide 1 of 1