Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashi deputati Sharopov Turgunbek Uktamovich Chambil mahallasi hududiga tashrif buyurib, mahallani kompleks rivojlantirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosi bilan joyida tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman kengashi deputati Iboyev Saxiddin navbatdagi uchrashuvini saylovchilar bilan o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Maxmudova Muxayyo Turg‘unovna aholi bilan uchrashdi.
янв.21
Deputat va IIB hamkorligi!!!
янв.21
2- Quruqsoy saylov okrugidan tuman Kengashi deputati Sharopov Turg‘unbek Chiroqchi tumani Chambil mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar
янв.21
Ostonada “Markaziy Osiyo – Italiya” sammiti bo'lib o'tdi
янв.21
Tadbirkor yuragida orzu, qo'lida yechim bo'ladi
янв.21
Deputatlik guruxining yig‘ilishi o‘tkazildi
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashining navbatdagi o‘ninchi sessiyasi o‘tkaziladi.

Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashining navbatdagi o‘ninchi sessiyasi o‘tkaziladi.

Sessiyada

— O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 yanvardagi "2025 yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-1-sonli qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha 2025 yilning olti oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;

— O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 21 apreldagi PF-71-son Farmoniga asosan korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy omillarni oldini olish bo‘yicha tuman tibbiyot birlashmasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida;

— Tuman hududida og‘ir yuk ko‘taruvchi avtotransport vositalarining gabarit o‘lchovini cheklovchi temir to‘sinlar o‘rnatish va tuman markazida yo‘l belgilarini o‘rnatish to‘g‘risida;

— O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 25 noyabrdagi "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-405-sonli qarorining tumandagi ijrosi to‘g‘risida;

— Yoshlar muammolarini hal qilish, bandligini ta’minlash bo‘yicha mahallalardagi yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuv va muloqotlar yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida va boshqa masalalar muhokama qilindi.

Sessiya hokimlikning "Instagram"dagi sahifasida jonli efir tarzida uzatildi.

Slide 1 of 9