Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashi deputati Sharopov Turgunbek Uktamovich Chambil mahallasi hududiga tashrif buyurib, mahallani kompleks rivojlantirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosi bilan joyida tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman kengashi deputati Iboyev Saxiddin navbatdagi uchrashuvini saylovchilar bilan o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Maxmudova Muxayyo Turg‘unovna aholi bilan uchrashdi.
янв.21
Deputat va IIB hamkorligi!!!
янв.21
2- Quruqsoy saylov okrugidan tuman Kengashi deputati Sharopov Turg‘unbek Chiroqchi tumani Chambil mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar
янв.21
Ostonada “Markaziy Osiyo – Italiya” sammiti bo'lib o'tdi
янв.21
Tadbirkor yuragida orzu, qo'lida yechim bo'ladi
янв.21
Deputatlik guruxining yig‘ilishi o‘tkazildi
Mahalliy Kengashlar nazorat qiluvchi ta’sirchan organga aylanmoqda.

Mamlakatimizda davlat boshqaruvini isloh qilish, jumladan, mahalliy Kengashlarning ta’sir doirasini kengaytirish va mas’uliyatini kuchaytirish bo‘yicha yangi tarixiy bosqich boshlandi. Prezidentimiz tomonidan 2025-yil 23-iyun kuni imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni ushbu yo‘nalishdagi tub islohotlar poydevorini yaratdi.

Mazkur hujjatning ahamiyatli jihati, unda belgilangan maqsadlarga erishishning Dasturiy hujjatlari va ularni amalga oshirish mexanizmlari, Axborot va dasturiy ta’minoti, Farmon ijrosini tashkil etish, ta’minlash va nazorat qilish mexanizmlarining ham ochib berilganidir. Bu, o‘z navbatida, Farmon ijrosini to‘laqonli ro‘yobga chiqarishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ushbu konsepsiya mahalliy vakillik organlari faoliyatini aniq strategiyaga asoslangan holda qayta tashkil etish, demokratik nazoratni kuchaytirish, fuqarolarning boshqaruvdagi ishtirokini ta’minlash kabi muhim maqsadlarni o‘z ichiga oladi. Bu orqali mahalliy Kengashlar faqat maslahatchi emas, balki mas’ul va ta’sirchan organ sifatida shakllanadi.

Konsepsiya asosida mahalliy Kengash deputatlari yangi texnologiyalardan foydalanish, xususan, (E-Kengash) elektron platformasi orqali sessiyalarda ishtirok etish, ovoz berish, qarorlarning ijrosini nazorat qilish kabi muhim jarayonlarda raqamli imkoniyatlarga ega bo‘lmoqda. Sessiyalar onlayn namoyish etilishi orqali jamoatchilikning faol ishtiroki ta’minlanadi. Shu bilan birga, sun’iy intellekt yordamida avtomatik stenogramma va bayonnoma yuritilishi, har bir deputat faoliyatining elektron reytingini shakllantirish amalga oshiriladi.

Deputatlar mahalliy ijro organlariga o‘z taklif va talablarini aniq raqamli tahlillar asosida yetkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Eng muhimi, xalq manfaatini ifoda etishda va hududiy muammolarni hal etishda deputatning ta’sir doirasi sezilarli darajada kengaydi.

Elyorjon Saidov,

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati