Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalliy muammolar va ijro intizomi – diqqat markazida
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Qarori qabul qilindi!!!
янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashi deputati Sharopov Turgunbek Uktamovich Chambil mahallasi hududiga tashrif buyurib, mahallani kompleks rivojlantirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosi bilan joyida tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman kengashi deputati Iboyev Saxiddin navbatdagi uchrashuvini saylovchilar bilan o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Maxmudova Muxayyo Turg‘unovna aholi bilan uchrashdi.
янв.21
Deputat va IIB hamkorligi!!!
янв.21
2- Quruqsoy saylov okrugidan tuman Kengashi deputati Sharopov Turg‘unbek Chiroqchi tumani Chambil mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar
янв.21
Ostonada “Markaziy Osiyo – Italiya” sammiti bo'lib o'tdi
Islohotlar natijadorligi tahlil qilinib, qo‘shimcha vazifalar belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 16 iyun kuni islohotlar natijadorligi, hududlarda ishlarning borishi va aholini qiynayotgan masalalar tahlili bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilish boshida joriy yilning besh oyidagi iqtisodiy-ijtimoiy ko‘rsatkichlar qayd etildi. Bu davrda sanoat 6,4 foiz o‘sgan, eksport miqdori 18 foiz, xorijiy investisiyalar 46 foiz oshgan. Qiymati 3 milliard dollarlik 2 ming 500 dan ziyod yangi quvvat ishga tushgan. 2 million 400 ming odam daromadli bo‘lgan.

Shu bilan birga, dunyoda turli mojarolar avj olayapti, savdo aloqalari va logistika qiyinlashayapti. Tinchlik, adolat va inson qadrini ulug‘lashga bo‘lgan ehtiyoj har qachongidan ham oshib borayapti.

Shuning uchun hokimlar va vazirlar imkoniyatlarni to‘g‘ri baholab, tashabbus ko‘rsatib ishlashi, aholi va biznes bilan muloqotni yanada kuchaytirib, muammolarni tez-tez hal qilib berishi zarur.

Yig‘ilishda bu masala hududlar va tarmoqlar kesimida tahlil qilinib, tizimli kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi.

Masalan, har bir tumandagi 40 dan ziyod tashkilotda o‘rtacha 500 nafar xodim ishlaydi. Lekin ayrim oddiy masalalarni hal qilish uchun ham viloyatdan, ular esa respublikadan ruxsat olishi kerak. Yoki, vakolati va mablag‘i yetarli bo‘lgan tashkilotlar o‘zini “nazoratchi” deb bilib, aholining og‘irini yengil qilish bilan shug‘ullanmayapti.

Vazirlar, hukumatdagi mas’ullar tartib-intizomga qattiq e’tibor bermagani uchun islohotlar ijrosi cho‘zilib ketayapti. Sud qarorlari vaqtida bajarilmayotgani yuzasidan ham murojaatlar ko‘p.

Yilning qolgan davrida 26,5 milliard dollar investisiya kiritilishi, 1 sentyabrgacha 3,3 milliard dollarlik 35 ta yirik loyiha ishga tushirilishi ko‘zda tutilgan.

Yaqinda bo‘lib o‘tgan Toshkent xalqaro investisiya forumida 30,5 milliard dollarlik savdo va investisiya shartnomalari imzolandi. Ular bo‘yicha ham tizimli ish olib borish kerak.

Shu bois yig‘ilishda ijro intizomini mustahkamlash, aholi muammolari bilan ishlash bo‘yicha yangi tizim yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.

Bundan buyon ijro intizomiga Hisob palatasi mas’ul bo‘ladi, uning vakolatlari kengaytiriladi. Berilgan mablag‘larning faqat to‘g‘ri sarflanishi emas, balki nima samara bergani, aholi bundan qanchalik rozi bo‘lgani ham o‘rganiladi. Palata bu tahlillardan kelib chiqib, davlat rahbariga takliflar kiritadi. Prezident Administratsiyasining Nazorat inspeksiyasi tugatiladi.

Toshkent shahrida o‘zini oqlagan “Xalq nazorati” elektron portali butun respublikada ishga tushiriladi. Bu tizim murojaatlarning yagona platformasi bo‘ladi va unga barcha vazirlik, idora, hokimliklar ulanadi.

Oxirgi paytlarda Xalq qabulxonalari aholi dardini eshitib, masalalarni hal qilish o‘rniga, murojaatlarni davlat tashkilotlariga taqsimlovchi vositachiga aylanib qolgan edi. Joylardagi muammolar hal bo‘lmagani uchun ijtimoiy tarmoqlar orqali chiqishlar ko‘paygan.

Prezidentimiz aholining dardu tashvishlarini eshitib, odamlarga sharoit yaratib berish rahbarlarning asosiy vazifasi ekanini ta’kidladi.

– Har bir murojaat ortida inson taqdiri, uning dardi va umidi turganini unutmasligimiz kerak. Xalqning dardi bilan yashash biz uchun majburiyat, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shu bois Xalq qabulxonalari tarkibi fidoyi mutaxassislar bilan to‘ldirilishi aytildi. Endi Xalq qabulxonalariga viloyat va tuman hokimining o‘zi rahbarlik qiladi. Ular har kuni ishini aholi dardi va tashvishini eshitishdan boshlaydi. Bugun tug‘ilgan muammoni keyinga o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi. Murojaatni boshqa idoraga yubormasdan, shu joyning o‘zida hal qiladi. Buning uchun tuman hokimining vakolatlari kengaytiriladi.

Masalan, hokimda tuman tashkilotlari shtatini taqsimlash, yaxshi rahbarni rag‘batlantirish, sustrog‘ini vazifasidan ozod qilish bo‘yicha vakolat yo‘q. Hokim ham, o‘rinbosarlari ham ko‘p vaqtini yig‘ilish o‘tkazishga sarflayapti.

Quyi bo‘g‘indagi shtatlar hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadiga mos emas. Tarmoq tashkilotlari ko‘p yillik rejalar dasturini qilib, tashabbus ko‘rsatmayapti, kunlik topshiriqlar bilan ovora.

Slide 1 of 1