Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalliy muammolar va ijro intizomi – diqqat markazida
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Qarori qabul qilindi!!!
янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashi deputati Sharopov Turgunbek Uktamovich Chambil mahallasi hududiga tashrif buyurib, mahallani kompleks rivojlantirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosi bilan joyida tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman kengashi deputati Iboyev Saxiddin navbatdagi uchrashuvini saylovchilar bilan o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Maxmudova Muxayyo Turg‘unovna aholi bilan uchrashdi.
янв.21
Deputat va IIB hamkorligi!!!
янв.21
2- Quruqsoy saylov okrugidan tuman Kengashi deputati Sharopov Turg‘unbek Chiroqchi tumani Chambil mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar
янв.21
Ostonada “Markaziy Osiyo – Italiya” sammiti bo'lib o'tdi
#munosabat

Aholi muammolari va hudud manfaatlariga oid muhim va dolzarb masalalarni “mahalla yettiligi – tuman (shahar) Kengashi – viloyat Kengashi – Senat” tamoyili asosida kuchaytiriladi.

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 23 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030 yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni imzolandi.

 Ushbu xujjat mamlakatda mahalliy hokimiyat tizimini isloh qilish, xalq hokimiyatchiligini ta’minlash va Kengashlarning nufuzini oshirishga qaratilgan muhim siyosiy-huquqiy hujjatdir.

 Farmonning asosiy mazmuni — mahalliy Kengashlarning mustaqilligi, hisobdorligi va tashabbuskorligini oshirish, ular orqali xalqning to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqaruvdagi ishtirokini kuchaytirish, hokim va Kengashlar o‘rtasidagi vakolatlar muvozanatini ta’minlashdir.

 Farmonda “Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyili ilgari surilib, mahalliy hokimiyat tizimini demokratik asosda rivojlantirish ko‘zda tutilgan.

 Farmondagi asosiy 4 ta maqsad:

 1. Xalq hokimiyatchiligini ro‘yobga chiqarish bu aholi tomonidan saylangan mahalliy Kengashlar orqali xalqning irodasini to‘laqonli ifodalash.

 2. Mahalliy Kengashlar nufuzini oshirish Kengashlarning qaror qabul qilishdagi roli va ta’sirini kuchaytirish.

 3. Hokimlarning hisobdorligini ta’minlash bu hokimlarni Kengashlar oldida hisobdor etish orqali ularning javobgarligini oshirish.

 4. Tuman va shaharlarda demokratik boshqaruvni shakllantirish bu esa har bir hududda o‘z xususiyatiga mos, ochiq va samarali boshqaruvni joriy etish.

 

  Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga ya’ni halq deputatlari Kengashlariga o‘tkazilayotgan asosiy 4 ta vakolat:

  1. Hokimlarni lavozimga tayinlash va ozod etishga rozilik berish - tuman/shahar hokimlari mahalliy Kengashlar roziligisiz tayinlanmasligi belgilanmoqda.

  2. Hududiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini tasdiqlash -– Kengashlar mahalliy dasturlarni shakllantirish va nazorat qilishda faol ishtirok etadi.

  3. Mahalliy budjetlarni tasdiqlash va ijrosini nazorat qilish – budjetni shakllantirish, mablag‘lardan maqsadli foydalanish ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish.

  4. Hokimlar faoliyatini muhokama qilish va ularni chaqirib olish bo‘yicha taklif kiritish – Kengashlar hokim faoliyatini ochiq muhokama qilishi va tegishli holatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritishi mumkin.

 

 Aholi muammolari va hudud manfaatlariga oid muhim va dolzarb masalalarni “mahalla yettiligi – tuman (shahar) Kengashi – viloyat Kengashi – Senat” tamoyili asosida kuchaytiriladi.

 Bu esa aholining muammolari va hudud manfaatlariga oid muhim va dolzarb masalalar “mahalla yettiligi – tuman (shahar) Kengashi – viloyat Kengashi – Senat” tamoyili asosida hal etish choralari ko‘riladi, mahalliy Kengashlarning qonun ijodkorligi jarayonidagi ishtiroki kuchaytirilib, Kengashlarda Oliy Majlis Senatida ko‘rib chiqiladigan qonunlar yuzasidan hudud manfaatidan kelib chiqqan holda takliflar ishlab chiqish hamda Senatga kiritib borish tizimi joriy etiladi, endilikda mahalliy Kengashlar raislari Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashlariga raislikni amalga oshiradi, uning qonuniy asoslari yaratiladi, mahalliy Kengashlar zimmasiga vazifa va funksiyalar faqatgina O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonun hujjatlari bilan yuklash amaliyoti joriy etiladi va mahalliy Kengashlarga o‘z hududiga oid respublika darajasida hal etiladigan muhim va dolzarb masalalarni Oliy Majlis Senati muhokamasiga olib chiqish vakolati beriladi.

 

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Gulira’no Umarova

Slide 1 of 1