Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalliy muammolar va ijro intizomi – diqqat markazida
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Qarori qabul qilindi!!!
янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashi deputati Sharopov Turgunbek Uktamovich Chambil mahallasi hududiga tashrif buyurib, mahallani kompleks rivojlantirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosi bilan joyida tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman kengashi deputati Iboyev Saxiddin navbatdagi uchrashuvini saylovchilar bilan o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Maxmudova Muxayyo Turg‘unovna aholi bilan uchrashdi.
янв.21
Deputat va IIB hamkorligi!!!
янв.21
2- Quruqsoy saylov okrugidan tuman Kengashi deputati Sharopov Turg‘unbek Chiroqchi tumani Chambil mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar
янв.21
Ostonada “Markaziy Osiyo – Italiya” sammiti bo'lib o'tdi
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashining navbatdagi 13-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sardoba tumani hokimligi majlislar zalida bo‘lib o‘tgan navbatdagi o'n uchunchi sessiya ishida xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, kun tartibiga kiritilgan masalalarga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdilar. 

 1) Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashining bo‘shab qolgan deputatlik o‘rniga o‘tkazilgan saylov natijalari yuzasidan tuman saylov komissiyasi rahbari A.Mahmudovning axboroti to‘g‘risida. 

2) Tumanda yoshlar muammolarini o‘rganish, ularni hal etishga ko‘maklashish, yosh avlodning iste’dodi va qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha sharoitlar yaratish choralarini ko‘rish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Yoshlar ishlari Agentligining Sardoba tuman bo‘limi boshlig‘i B.Bo‘tayevning hisoboti. 

3) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining KQ-706-sonli Kengash qarori ijrosi yuzasidan deputatlar tomonidan o‘rganish yakunlarida aniqlangan muammolarning hal etilishi yuzasidan tuman Kengashi deputati, kotibiyat mudiri Q.O‘tayevning
axboroti.
 

4) “O‘zbekiston-2030” strategiyasida belgilangan 25-maqsadda hamda Xotinqizlarning ta’lim olishi, kasbiy ko‘nikmalarni egallashi, erta turmush va ajrimlarning oldini olish, tadbirkorlika jalb etishda olib borilayotgan ishlar yuzasidan tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Z.Ahmedovaning hisoboti. 

5) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi “Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5-sonli Farmonining tumandagi ijrosini ta’minlash bo‘yicha Sardoba tuman Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi boshlig‘i D.Gaziyevning hisoboti.  

6) Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi, Kengash faoliyati va doimiykomissiyalarning 2025-yilning 2-yarim yillik ish rejasini tasdiqlash
to‘g‘risida.
 

7) Boshqa masalalar. 

Slide 1 of 11