Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalliy muammolar va ijro intizomi – diqqat markazida
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Qarori qabul qilindi!!!
янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashi deputati Sharopov Turgunbek Uktamovich Chambil mahallasi hududiga tashrif buyurib, mahallani kompleks rivojlantirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosi bilan joyida tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman kengashi deputati Iboyev Saxiddin navbatdagi uchrashuvini saylovchilar bilan o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Maxmudova Muxayyo Turg‘unovna aholi bilan uchrashdi.
янв.21
Deputat va IIB hamkorligi!!!
янв.21
2- Quruqsoy saylov okrugidan tuman Kengashi deputati Sharopov Turg‘unbek Chiroqchi tumani Chambil mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar
янв.21
Ostonada “Markaziy Osiyo – Italiya” sammiti bo'lib o'tdi
Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo’lib o’tdi.

Bekobod tumanida 2025-yil g‘alla mavsumini uyushqoqlik bilan o‘tkazish, g‘alladan bo‘shagan yer maydonlariga o‘t qo‘ymaslik, bunday harakatlar uchun nazarda tutilgan qonuniy javobgarlik, talon-torojliklarning oldini olish, hosilni nes-nobud qilmasdan yig‘ishtirib olish borasida amalga oshirilishi belgilangan ishlar yuzasidan tuman prokurori B.Jalilovning axboroti tinglandi.

Тumanda 2025-yil hosili uchun jami 15 ming 700 gektar maydonga 297 ta fermer xo‘jaliklari va “GLOBAL TEKISTIL GROOP AGRO» MCHJ Bekobod klasteri tomonidan boshoqli don ekinlari yetishtirildi.  

Yetishtirilgan 15 ming 700 gektar g‘alla maydonlaridan jami 43 ming 341 tonna, shundan 16 ming 876 tonna davlat resursiga, 26 ming 466 tonna vaqtincha saqlash uchun topshirilish rejalashtirilgan. G‘alla maydonlarining 4 ming 300 gektariga ertapishar, 11 ming 400 gektariga o‘rtapishar navlari ekilgan bo‘lib, boshoqli don ekinlarini qisqa muddatlarda o‘rib-yig‘ib olish bo‘yicha fermer xo‘jaliklari kesimida o‘rim grafiklari ishlab chiqildi.

O‘rim 2 iyundan boshlanib, 28 iyun kuniga qadar amalga oshiriladi. 

Bugungi kunda yetishtirilgan boshoqli don ekinlarini qisqa muddatlarda nes-nobud qilmasdan yig‘ib-terib olish maqsadida 50 ta otryadlar tuzilib, tashkil etilgan otryad tarkibiga otryad rahbari, otryad hisobchisi, IIB xodimi, qo‘riqlash xizmati xodimi, favqulotda vaziyatlar bo‘limi xodimi va boshqa mutasaddi bo‘lim xodimlari biriktirildi. 

Bundan tashqari, otryad tarkibiga 50 ta g‘alla o‘rish kombaynlari, 250 ta don tashish transporti, 100 ta g‘alla maydonlarini o‘rishga tayyorlovchi texnikalar jalb etilib, 4 ta ko‘chma ta’mirlash ustaxonasi va 7 ta yoqilg‘i yetkazib beruvchi ko‘chma agregatlar shay holatga keltirilgan.

Yetishtirilgan g‘alla hosilini nes-nobud qilmasdan qisqa muddatlarda o‘rib-yig‘ib olinishini tashkillashtirish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tuman shtabi tashkil etilib, shtab a’zolari tomonidan:

- g‘alla o‘rim-yig‘im ishlari borishi yuzasidan monitoring yuritish hamda joylardagihxaqiqiy holat bo‘yicha tuman hokimiga tezkor axborot berish ishlari amalga oshiriladi. 

Joriy yilda g‘alla yetishtiruvchi qishloq xo‘jaligi korxonalariga bir qancha imtiyoz va qulayliklar yaratib berilganligini inobatga olib, g‘alla maydonlarining har gektaridan 75-85 sentnerdan kam hosil olmaslik choralarini ko‘rish barcha mutasaddi rahbarlarining birinchi galdagi burchi ekanligi ta’kidlandi. Shularni inobatga olib, yetishtirilgan g‘alla hosilini nes-nobud qilmasdan qisqa muddatlarda o‘rib-yig‘ib olinisini tashkillashtirish, davlatga don sotish yuzasidan tuzilgan shartnomalarni to‘liq bajarilishini ta’minlash bo‘yicha har bir mutasaddiga aniq vazifalar belgilab berildi. 

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining 2025-yil 2-iyundagi 03-04-DKB/6-sonli majlis bayoni hamda bildirilgan taklif va fikr-mulohazalarni inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6- va 24-moddalariga muvofiq, Xalq deputatlari tuman Kengashi tegishli qaror qabul qildi. 

Slide 1 of 4