Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalliy muammolar va ijro intizomi – diqqat markazida
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Qarori qabul qilindi!!!
янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashi deputati Sharopov Turgunbek Uktamovich Chambil mahallasi hududiga tashrif buyurib, mahallani kompleks rivojlantirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosi bilan joyida tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman kengashi deputati Iboyev Saxiddin navbatdagi uchrashuvini saylovchilar bilan o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Maxmudova Muxayyo Turg‘unovna aholi bilan uchrashdi.
янв.21
Deputat va IIB hamkorligi!!!
янв.21
2- Quruqsoy saylov okrugidan tuman Kengashi deputati Sharopov Turg‘unbek Chiroqchi tumani Chambil mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar
янв.21
Ostonada “Markaziy Osiyo – Italiya” sammiti bo'lib o'tdi
Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining VII-chaqiriq navbatdagi 13-sessiyasi bo’lib o’tdi.

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining VII-chaqiriq navbatdagi 13-sessiyasi bo’lib o’tdi. 

Sessiyada 2025-yilda Bekobod tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining ijrosi bo‘yicha joriy yilning I choragida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida E.Imamov– tuman hokimining birinchi o‘rinbosari, 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-noyabrdagi “Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishini nazorat qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-6-V-son qarori ijrosi yuzasidan Bekobod tumanida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida S.Beknazarov- tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘I hamda V.Xudoyberdiyev-tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi rahbari, Tuman ishchi komissiyasining 2024-yilda hamda 2025-yil I chorakda o‘tkazilgan tashabbusli byudjet jarayonlarini moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar to‘g‘risida, Bekobod tumanining 2025-yil I chorak mahalliy byudjetining daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida, tuman mahalliy byudjetining 2025-yil I chorak ijrosi to‘g‘risida M. Turdimatova – tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari,

 O‘zbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq Bekobod tumanidagi mavjud geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash to‘g‘risida S.Suvonova-tuman hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya yetilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi,

 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-son qaroriga muvofiq Bekobod tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2025-yil uchun manzilli dasturni tasdiqlash to‘g‘risida B.Xusanov- tuman Yo‘llardan foydalanish korxonasi rahbari, Bekobod tumanda sog‘liqni saqlash, xususan, tez tibbiy yordam, kafolatlangan bepul tibbiy yordamni ko‘rsatilish holati to‘g‘risida M.Boymatov-Tuman Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i, tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi markazi tomonidan 2025-yilning I choragi davomida bajarilgan ishlar to‘g‘risida T.Umarov-Tuman SanEpid bo‘limi boshliqlarining hisoboti tinglandi,

Ayrim boʻshab qolgan oʻrinlarga Bekobod tumani Kengashi deputatlarining saylovini oʻtkazuvchi uchastka saylov komissiyasi aʼzoligiga nomzodlarni tavsiya etish toʻgʻrisida va Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga bo‘shab qolgan 11-Guliston saylov okrugi bo‘yicha deputatlik o‘rniga saylov o‘tkazishni moliyalashtirish to‘g‘risida Yo.Mo‘minova – Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri, “Bekobod ovozi” gazetasini “Yangi Bekobod” nomiga o‘zgartirish to‘g‘risida S.Sheraliyeva – «Yangi Bekobod» gazetasi muxarririning axborotlari tinglandi.

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan atroflicha muhokama qilib tegishli qarorlar qabul qildi. 

 

Slide 1 of 10