Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalliy muammolar va ijro intizomi – diqqat markazida
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Qarori qabul qilindi!!!
янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashi deputati Sharopov Turgunbek Uktamovich Chambil mahallasi hududiga tashrif buyurib, mahallani kompleks rivojlantirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosi bilan joyida tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman kengashi deputati Iboyev Saxiddin navbatdagi uchrashuvini saylovchilar bilan o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Maxmudova Muxayyo Turg‘unovna aholi bilan uchrashdi.
янв.21
Deputat va IIB hamkorligi!!!
янв.21
2- Quruqsoy saylov okrugidan tuman Kengashi deputati Sharopov Turg‘unbek Chiroqchi tumani Chambil mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar
янв.21
Ostonada “Markaziy Osiyo – Italiya” sammiti bo'lib o'tdi
MASʼULIYATLI OTA-ONA – FARZAND BAXTINING KALITI

Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi – xalq farovonligini ta’minlash, yosh avlodni barkamol etib tarbiyalash, ularning bilimli, salohiyatli va vatanparvar bo‘lib voyaga yetishini ta’minlashdan iborat. Bu mas’uliyatli va muhim vazifalarda, albatta, ota-onalarning o‘rni beqiyosdir.

Bugungi globallashuv va texnologiyalar asrida farzand tarbiyasi oldidagi masalalar tobora murakkablashmoqda. Farzandlarimiz har qanday axborotni internet orqali tez va oson olmoqda, bu esa ularning ongiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Mazkur sharoitda ota-onaning roli va mas’uliyati ilgari hech qachon bo‘lmagan darajada muhim bo‘lib bormoqda. Aynan masʼuliyatli ota-ona farzandining ijtimoiy, axloqiy, ma’naviy hayotini to‘g‘ri yo‘naltira oladi.

Oila – insonning birinchi maktabi. Bolaning ilk qadamlaridan tortib, ilk so‘zlari, ilk fe’l-atvori ana shu muhitda shakllanadi. Farzand onaning bag‘rida mehr topadi, otaning g‘amxo‘rligida o‘zini xavfsiz his etadi. Oila qanday bo‘lsa, jamiyat shunday bo‘ladi. Shu boisdan, ota-onalarning har bir harakati, har bir so‘zi bola ruhiyatiga kuchli ta’sir o‘tkazadi. 

O‘zining har bir ishiga jiddiy yondashadigan, o‘zining qadr-qimmatini anglaydigan, oilasi va farzandi oldida javobgarlik his qiladigan ota-onaning farzandi ham o‘z hayotiga jiddiy yondashadi. Yaxshi farzand esa – jamiyatga foydali shaxsdir.

Bolaga kiyim-kechak, oziq-ovqat, o‘yinchoq olib berish – ota-onalik emas. Asl ota-onalik – bu farzandga tarbiya berish, uni to‘g‘ri yo‘lga boshlash, noto‘g‘ri yo‘ldan asrashdir. Shu jihatdan qaraganda, mas’uliyatli ota-ona farzandining nafaqat jismoniy, balki ruhiy, axloqiy, ma’naviy kamoloti bilan ham shug‘ullanishi lozim. Bola maktabda nima o‘rganyapti, bo‘sh vaqtini qanday o‘tkazyapti, kimlar bilan muloqotda – bular ota-onani doim qiziqtirishi kerak bo‘lgan masalalardir.

Afsuski, ayrim holatlarda ota-onalar bolani faqat maktab zimmasiga topshirib qo‘yadilar. Lekin zamonaviy ta’lim jarayonida muvaffaqiyatga erishish – maktab, o‘quvchi va ota-ona o‘rtasidagi mustahkam hamkorlik asosida amalga oshadi. Sinf rahbari, fan o‘qituvchisi bilan doimiy muloqotda bo‘lib, farzand tarbiyasida bir yoqlamalikka yo‘l qo‘ymaslik zarur.

Har bir farzand – ertangi jamiyat a’zosi. Bugun qanday shaxs tarbiyalayotganimiz – ertaga qanday jamiyat qurayotganimizni bildiradi. Farzand faqat oila emas, balki millat, jamiyat, davlat kelajagidir. Masʼuliyatli ota-ona esa – farzandining nafaqat bugunini, balki kelajagini ham o‘ylaydi.

Deputat sifatida joylarda, maktablarda, mahallalarda olib borayotgan uchrashuvlarda aynan ota-onalarning tarbiya jarayonidagi o‘rni, ularning huquq va majburiyatlari, farzandlar bilan muloqot madaniyati haqida doimiy tushuntirish va targ‘ibot ishlarini olib boramiz. Oila tarbiyasidagi muammolarni bartaraf etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda.

O‘z farzandiga mehr beradigan, unga doimo do‘st va maslahatgo‘y bo‘la oladigan, vatan, xalq, ajdodlar ruhi bilan tarbiyalaydigan ota-ona – eng mas’uliyatli ota-onadir. Oila – jamiyatning qalbi. Bu yurak sog‘lom urib tursa, jamiyat ham barqaror bo‘ladi. Shunday ekan, har birimiz o‘zimizdan boshlaylik. Farzandlarimizga mehr beraylik, bilim va tarbiya beraylik, kelajagiga zamin yaratib beraylik.

Zero, mas’uliyatli ota-ona – bu farzand baxtining kalitidir!

L. DJAMALOVA,

Payariq tumani 18-O‘rta saydov okrugi deputati.

Slide 1 of 1