Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashi deputati Sharopov Turgunbek Uktamovich Chambil mahallasi hududiga tashrif buyurib, mahallani kompleks rivojlantirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosi bilan joyida tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman kengashi deputati Iboyev Saxiddin navbatdagi uchrashuvini saylovchilar bilan o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Maxmudova Muxayyo Turg‘unovna aholi bilan uchrashdi.
янв.21
Deputat va IIB hamkorligi!!!
янв.21
2- Quruqsoy saylov okrugidan tuman Kengashi deputati Sharopov Turg‘unbek Chiroqchi tumani Chambil mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar
янв.21
Ostonada “Markaziy Osiyo – Italiya” sammiti bo'lib o'tdi
янв.21
Tadbirkor yuragida orzu, qo'lida yechim bo'ladi
янв.21
Deputatlik guruxining yig‘ilishi o‘tkazildi
#munosabat

Energiya samaradorligi — iqtisodiy barqarorlik va ekologik mas’uliyat yo‘li

 O‘zbekistonda so‘nggi yillarda energiya resurslaridan oqilona foydalanish, resurs tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish va aholining bu boradagi bilim va ko‘nikmasini oshirish masalalari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda.

 Yangi tuzilma — yangi imkoniyatlar: 2024 yil aprel oyida Energiya samaradorligini oshirish agentligining tashkil etilishi mamlakatda energetika sohasini modernizatsiya qilish, quvvatlarni tejash va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etishga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi. Agentlikka 100 milliard so‘m budjet mablag‘i ajratilishi, uning faoliyatini moliyalashtirishda davlatning jiddiy yondashuvini ko‘rsatadi.

 Shu bilan birga, Energetika vazirligi bilan hamkorlikda yangi tashabbuslar amalga oshirilmoqda. Jumladan, hokimliklar, davlat idoralari va korxonalarning oylik energiya iste’moli 500 kVt/soatdan yuqori bo‘lgan xodimlari ro‘yxatini shakllantirish orqali ularni energiya tejovchi texnologiyalarga o‘tishga rag‘batlantirish rejalashtirilgan.

 “Yashil ta’mir” — amaliyotda: Ushbu toifadagi xodimlar “yashil ta’mir” krediti yoki subsidiya olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu kreditlar hisobiga uylar izolyatsiyasi, energiya samarali isitish va yoritish uskunalari, quyosh panellari va boshqa ekologik toza uskunalar bilan jihozlanadi. Kerak bo‘lsa, maxsus jamg‘armalardan ssuda ajratilishi ham ko‘zda tutilgan.

 Bu orqali yil yakunigacha kamida 100 ming xonadonda energiya samarador texnologiyalar joriy etilishi rejalashtirilgan. Bu nafaqat energetik tejamkorlik, balki aholi uchun iqtisodiy yengillik hamdir. Masalan, Yevropada amalga oshirilayotgan shunga o‘xshash dasturlar ko‘rsatmoqdaki, energiya tejovchi uskunalar 3–5 yil ichida o‘zini oqlaydi va uy xo‘jaliklarining elektr to‘lovlarini o‘rtacha 30–40% ga qisqartiradi.

 Energetikada global tendensiyalar va O‘zbekiston: Bugun dunyoda energiya samaradorligi nafaqat resurslar tejash, balki iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashning ham eng samarali vositalaridan biri sifatida qaralmoqda. Xalqaro energetika agentligi (IEA) ma’lumotlariga ko‘ra, jahonda umumiy energiya iste’molining 40 foizi turar-joy binolari hissasiga to‘g‘ri keladi. Agar barcha mamlakatlar samarali uskunalar va izolyatsiyaga o‘tsa, jahon bo‘yicha karbon chiqindilari 30% gacha kamayishi mumkin.

 O‘zbekistonda ham “yashil iqtisodiyot” konsepsiyasi doirasida 2030 yilgacha energiya iste’molini 30% gacha kamaytirish bo‘yicha strategik maqsadlar belgilangan. Bu — nafaqat ichki ehtiyojlarni samarali qondirish, balki qo‘shni mamlakatlar bilan energetik hamkorlikni mustahkamlash uchun ham muhim poydevor.

 Qisqa vaqt ichida amalga oshirilgan tashabbuslar shundan dalolat beradiki, O‘zbekiston nafaqat energiya ishlab chiqarish, balki uni tejash, samarali foydalanish va kelajak avlod uchun ekologik barqaror muhit yaratishga ham alohida e’tibor qaratmoqda.

 Energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan davlat siyosati xalqimizning turmush darajasini oshirish, iqtisodiy faollikni kuchaytirish va jamiyatda ekologik ongni shakllantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

 

Rustam Shamsiyev, “Toshkent IES” AJ Bosh direktori, Xalq depulari Toshkent viloyati Kengashi deputati,  

Slide 1 of 1