Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashi deputati Sharopov Turgunbek Uktamovich Chambil mahallasi hududiga tashrif buyurib, mahallani kompleks rivojlantirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosi bilan joyida tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman kengashi deputati Iboyev Saxiddin navbatdagi uchrashuvini saylovchilar bilan o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Maxmudova Muxayyo Turg‘unovna aholi bilan uchrashdi.
янв.21
Deputat va IIB hamkorligi!!!
янв.21
2- Quruqsoy saylov okrugidan tuman Kengashi deputati Sharopov Turg‘unbek Chiroqchi tumani Chambil mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar
янв.21
Ostonada “Markaziy Osiyo – Italiya” sammiti bo'lib o'tdi
янв.21
Tadbirkor yuragida orzu, qo'lida yechim bo'ladi
янв.21
Deputatlik guruxining yig‘ilishi o‘tkazildi
“Xalq ishonchini qozonish yo‘li”

“Xalq ishonchini qozonish yo‘li”

 Yaqinda Prezident tomonidan imzolangan PF–98-sonli Farmon bilan tasdiqlangan “Mahalliy kengashlar faoliyatini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi” biz, yosh deputatlar uchun yangicha fikrlash, mustahkam pozitsiyada turish va xalq oldidagi burchimizni chin dildan ado etish davrini boshlab berdi. Bu hujjat orqali mahalliy kengashlar endi rasmiy organ emas, balki nazorat, tashabbus va fuqarolik ishonchini shakllantiruvchi real institutga aylanmoqda. Deputatlar byudjet shakllantirish, hokimlik faoliyatini monitoring qilish, ijro organlariga so‘rov yuborish, aholining muammolarini tahlil qilish kabi muhim vakolatlarga ega bo‘ldi. Bu esa bizga xalq muammolariga bevosita yechim topishga, ijro organlari bilan teng muloqot qilishga yo‘l ochmoqda. Yangi “Elektron Kengash” tizimi esa deputatlarning faoliyatini ochiq, halol va baholanuvchi qilish orqali jamoatchilik nazoratini mustahkamlamoqda. Endi har bir deputat bergan va’dasi, qilgan ishi bilan xalq oldida hisobot beradi. Shuningdek, ushbu tizim orqali takliflar, murojaatlar, reytinglar shakllanadi va ular bo‘yicha natijadorlik ochiq ko‘rinadi. Yosh deputat sifatida men bu islohotlarni yuragimdan his qilaman. Bugun xalq dardi bilan yashash, har bir murojaatga mas’uliyat bilan yondashish – bu biz yoshlarning siyosiy yetukligidan dalolatdir. Viloyatinio‘zida minglab murojaatlar hal etilayotgani, yuzlab deputatlik qabul kunlari tashkil etilgani – bu faollikning ilk samaralari, ishonch mevasidir. Men bugun shuni chuqur anglayapman, Konsepsiyada belgilangan har bir band – bu biz uchun amaliy yo‘riqnoma. Bu yo‘lda qat’iyat, fidoyilik va eng muhimi, xalq bilan muloqotda ochiqlik asosiy tamoyil bo‘lishi kerak. Islohotlar – bu imkoniyat. Bu imkoniyat esa biz yoshlarga xalq ishonchini oqlash, islohotlarni hayotga tatbiq qilish va adolatli boshqaruvni joylarda qaror toptirish majburiyatini yuklaydi. Biz bunga tayyormiz – bilimi, vijdoni va jasorati bor yoshlar bilan.

 

 Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Muxsiddin Nizomiddinov

 

Slide 1 of 1