Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashi deputati Sharopov Turgunbek Uktamovich Chambil mahallasi hududiga tashrif buyurib, mahallani kompleks rivojlantirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosi bilan joyida tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman kengashi deputati Iboyev Saxiddin navbatdagi uchrashuvini saylovchilar bilan o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Maxmudova Muxayyo Turg‘unovna aholi bilan uchrashdi.
янв.21
Deputat va IIB hamkorligi!!!
янв.21
2- Quruqsoy saylov okrugidan tuman Kengashi deputati Sharopov Turg‘unbek Chiroqchi tumani Chambil mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar
янв.21
Ostonada “Markaziy Osiyo – Italiya” sammiti bo'lib o'tdi
янв.21
Tadbirkor yuragida orzu, qo'lida yechim bo'ladi
янв.21
Deputatlik guruxining yig‘ilishi o‘tkazildi
“Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” yuzasidan

 “Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” yuzasidan 

2025-yil 23-iyunda Prezident Farmoni bilan tasdiqlangan mazkur konsepsiya mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan muhim huquqiy asosdir. 

Konsepsiyada mahalliy Kengashlar deputatlarining maqomi va faoliyatining asosiy kafolatlarini yanada kuchaytirish alohida e’tibor qaratgan bo‘lib, agar mahalliy Kengash deputatining deputatlik faoliyatining kafolatlarini bir yil davomida takroran buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik choralarini kuchaytirish, mahalliy Kengash deputatining deputatlik faoliyati bilan bog‘liq ishlar bilan shug‘illanishi uchun uning asosiy ish joyi bo‘yicha ish beruvchilarning mas’uliyatini oshirish. Bunda tashkilot rahbarlari tomonidan deputatlikka saylangan xoldimlariga mahalliy Kengash sessiyasi,
doimiy komissiyalari, partiya guruhlari majlislarida ishtirok etish, saylovchilar bilan uchrashuvlar, fuqarolar qabullarini o‘tkazishga to‘sqinlik qilishga
yo‘l qo‘yilmasligi belgilab qo‘yildi.
 

Undan tashqari mahalliy Kengashlar sessiyalari oralig‘ida tezkor masalalarni hal etish maqsadida Kengash rayosati institutini joriy etish va rayosat tomonidan ko‘rib chiqiladigan masalalar doirasini aniq belgilash, mahalliy Kengashlarning Reglament va deputatlik odobi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasiga Kengash qarori bilan lavozimga tasdiqlanadigan, tayinlanadigan lavozimga tayinlanishida Kengash roziligi olinadigan mansabdor shaxslar tomonidan odob-axloq normalarini buzganlik bo‘yicha ishlarni ko‘rib chiqish vakolatlari berildi. 

Mazkur Faromon bilan tasdiqlangan konsepsiya O‘zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030 yilgacha qadar rivojlantirishning maqsad va ustuvor vazifalari, istiqboldagi yo‘nalishlarini belgilaydi hamda sohaga oid chora-tadbir dasturlarini ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi shuningdek, mazkur Farmon orqali hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida xalq vakillarining rolini oshirishga xizmat qiladi. 

Xalq deputatlari tuman Kengashining

Reglament va deputatlik odobi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi G‘.Boysariyev 

Slide 1 of 1