Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashi deputati Sharopov Turgunbek Uktamovich Chambil mahallasi hududiga tashrif buyurib, mahallani kompleks rivojlantirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosi bilan joyida tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman kengashi deputati Iboyev Saxiddin navbatdagi uchrashuvini saylovchilar bilan o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Maxmudova Muxayyo Turg‘unovna aholi bilan uchrashdi.
янв.21
Deputat va IIB hamkorligi!!!
янв.21
2- Quruqsoy saylov okrugidan tuman Kengashi deputati Sharopov Turg‘unbek Chiroqchi tumani Chambil mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar
янв.21
Ostonada “Markaziy Osiyo – Italiya” sammiti bo'lib o'tdi
янв.21
Tadbirkor yuragida orzu, qo'lida yechim bo'ladi
янв.21
Deputatlik guruxining yig‘ilishi o‘tkazildi
“Inson qadri uchun, inson baxti uchun” degan g‘oya mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning asosiy mezoniga aylanmoqda

 “Inson qadri uchun, inson baxti uchun” degan g‘oya mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning asosiy mezoniga aylanmoqda 

Bugun “Inson qadri uchun, inson baxti uchun” degan g‘oya mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning asosiy mezoniga aylangan. Bu tamoyil asosida Qashqadaryoda ham aholining turmush sharoiti, daromadi va farovonligini yaxshilash, mahallalarni obodonlashtirish bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.  

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Qashqadaryo viloyatiga tashrifi tom ma’noda, voha ahli hayotida keng qamrovli islohotlar manzarasini yana bir bor namoyon etdi. 

Davlatimiz rahbari hududlar rivoji, islohotlar natijadorligi, amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish barobarida, aholi vakillari, faollar bilan muloqot qildi. Yangi obyektlar ishga tushirilib, viloyatni kompleks rivojlantirishning ustuvor vazifalari belgilab berildi. 

Xususan, Qarshi shahridan Shahrisabzga yo‘l olgan poyezdda bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida “Inson qadri uchun, inson baxti uchun” degan g‘oyasi asosida olib borilayotgan ishlar, shahar va qishloqlar hayotidagi o‘zgarishlar, tinchlik va barqarorlik qadri haqida so‘z yuritildi.
Kambag‘allikni qisqartirish, aholi daromadlarini oshirish, yoshlar va xotin-qizlarni kasbga o‘rgatish, mahallalarni obodonlashtirish kabi ustuvor vazifalar ijtimoiy hayotning markaziy yo‘nalishiga aylangani urg‘ulandi.
 

Prezidentimiz Shahrisabz tumanida barpo etilgan “Hisorak” kichik gidroelektr stansiyasini ko‘zdan kechirishi mamlakatimizda ekologiya va energetika sohasi rivojiga berilgan katta e’tiborni yana bir bor tasdiqlaydi. 

Hisorak suv ombori va unga bog‘liq asosiy GESlar Qashqadaryo viloyatining elektr energiyasi bilan ta’minlanishida muhim o‘rin tutadi. Jumladan, 3,5 MVt quvvatga ega bo‘lgan kichik GES yilda 17,5 million kilovatt soat energiya ishlab chiqaradi va bu hududda 7 mingdan ortiq xonadonni ta’minlaydi. Bu — ekologik toza, tejamkor va qayta tiklanuvchi energiya manbai sifatida viloyat aholisi hayotini yanada yaxshilashga xizmat qiladigan ulkan
imkoniyatdir.
 

E’tiborlisi, kelgusi ikki yil ichida 416 ta kinetik turbinali mikro GES qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu esa ariq va kanallardan ham samarali foydalanib, quvvatni sezilarli darajada oshirish imkonini beradi. Umumiy quvvat 12 MVtga yetkaziladi va bu Qashqadaryodagi elektr energiyasi iste’molining 15 foizini ta’minlashga yordam beradi. 

O‘zbekistonda so‘nggi yillarda elektr energiyasi ishlab chiqarish 38 foizga o‘sgani va yillik ishlab chiqarish hajmi 81,5 milliard kilovatt soatga yetgani mamlakatimizning energiya xavfsizligi va ekologik ustuvorligiga berilgan katta e’tiborning belgisidir. 

“Hisorak” kichik GESning mahalliy mutaxassislar va korxonalar tomonidan qurilishi mamlakatimizda yuqori texnologiyalarni o‘zlashtirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashda muhim omil bo‘lmoqda. Energiyani ekologik toza manbalardan olish bo‘yicha yangi loyihalar amalga oshirilishi Qashqadaryoning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga salmoqli hissa qo‘shadi. 

Viloyatni kompleks rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda davlatimiz rahbari istiqboldagi rejalarga to‘xtalib o‘tdi. Xususan, bu yil Qashqadaryoda 470 ming odamni band qilish, 150 ming aholini kambag‘allikdan chiqarish, Kitob tumani, Qarshi va
Shahrisabz shaharlarini “ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hudud”ga aylantirish mo‘ljallangani, bu borada bandlikda ishga solinmagan imkoniyatlar ko‘rsatib berilgani, shubhasiz, insonni rozi qilish, ularning baxtli yashashi, murod-maqsadlariga yetishlariga xizmat qiladi.
 

Shahrisabz shahri mahallalarida uy sharoitida temirchilik bilan shug‘ullanayotgan aholiga qulay bo‘lishi uchun Qorasuv mahallasidagi 4,5 gektar
bo‘sh yerda temirchilik mikro-markazining tashkil qilinishi, bunday mikro-markazlar Qarshi shahri, Dehqonobod, Kasbi, Kitob, Koson va Chiroqchida
ham tashkil etilishi odamlarning ko‘p yillik muammolarini aritib, ularni faollikka chorlaydi.
 

Xorijda mehnat qilayotgan qashqadaryoliklar yuqori daromadli ishlar bilan band bo‘lishi uchun Qarshi davlat universitetida kamida 100 nafar o‘qituvchini nemis, yapon, koreys tili bo‘yicha malakasini oshirish, kamida 10 ming odamni xorijiy tilga o‘qitish, xorijda kam daromad topayotgan fuqarolarimizni o‘zimizda ishli qilish haqidagi fikrlar Qashqadaryo ahlining ayni dilidagi gap bo‘ldi. Bu davlatimiz rahbarining vohaliklarga bo‘lgan yuksak e’tiborining yorqin namunasi hamdir. 

Ushbu tashrif esa mamlakatning eng chekka hududlarida ham yangilanish, taraqqiyot va islohotlar izchillik bilan amalga oshirilayotganini yana bir bor tasdiqladi. Odamlar turmush darajasini oshirish bo‘yicha belgilab berilgan ustuvor vazifalar viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirib, hududning beqiyos imkoniyatlarini yuzaga chiqarish, xalqimiz farovonligini yuksaltirishga xizmat qiladi. 

                          Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi raisi SH.Shokirov 

Slide 1 of 1