Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashi deputati Sharopov Turgunbek Uktamovich Chambil mahallasi hududiga tashrif buyurib, mahallani kompleks rivojlantirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosi bilan joyida tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman kengashi deputati Iboyev Saxiddin navbatdagi uchrashuvini saylovchilar bilan o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Maxmudova Muxayyo Turg‘unovna aholi bilan uchrashdi.
янв.21
Deputat va IIB hamkorligi!!!
янв.21
2- Quruqsoy saylov okrugidan tuman Kengashi deputati Sharopov Turg‘unbek Chiroqchi tumani Chambil mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar
янв.21
Ostonada “Markaziy Osiyo – Italiya” sammiti bo'lib o'tdi
янв.21
Tadbirkor yuragida orzu, qo'lida yechim bo'ladi
янв.21
Deputatlik guruxining yig‘ilishi o‘tkazildi
munosabat

 munosabat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti muhtaram Shavkat Mirziyoyevning 2025 yil 19–20 iyun kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi viloyatimiz hayotida yangi bosqichni boshlab berdi. Davlatimiz rahbari tomonidan joylarda amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligi, aholining yashash sharoiti, tadbirkorlik va sanoat salohiyati, ijtimoiy infratuzilmalar holati chuqur tahlil qilindi va ularni yanada takomillashtirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi. 

  

Ayniqsa, Muborak tumanida amalga oshirilayotgan ishlar va belgilangan ustuvor yo‘nalishlar tumandagi faoliyatimiz uchun yangi istiqbollarni ochmoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan Muborak gazni qayta ishlash zavodi atrofidagi tayyor infratuzilmaga ega, temir yo‘l tarmog‘i o‘tgan 200 gektar maydonda innovasion sanoat zonasi tashkil etilishi belgilandi. 

  

Bu loyiha tumandagi sanoat salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni rivojlantirishga qaratilgan. Davlatimiz rahbari tomonidan ushbu sanoat zonasida klaster tizimi asosida neft-kimyo, elektrtexnika, robototexnika va qurilish materiallari yo‘nalishlari bo‘yicha 5 ta yirik loyihani amalga oshirish vazifasi qo‘yildi. 

  

Bu esa, Muborak tumani nafaqat Qashqadaryo, balki mamlakatimizdagi muhim industrial markazlardan biriga aylanishiga zamin yaratadi. Sanoat zonasida tashkil etiladigan loyihalar nafaqat yangi ish o‘rinlari yaratish, balki hududda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini beradi. 

  

Deputat sifatida ta’kidlashim joizki, bu kabi keng qamrovli islohotlar va loyihalar mahalliy Kengash deputatlari zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklaydi. Biz, xalq vakillari sifatida, tumandagi har bir mahallada ushbu islohotlarning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish, tadbirkorlar va yoshlarni jalb etish, amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini ta’minlashda faol ishtirok etamiz. 

Shu bilan birga, tumanda: 

yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, infratuzilmalarni yaxshilash, toza ichimlik suvi bilan to‘liq ta’minlash, ta’lim va tibbiyot sifatini oshirish kabi yo‘nalishlarda ham keng qamrovli ishlar amalga oshiriladi. 

  

Prezidentimizning har bir tashrifi xalqimiz dardini tinglash, joylardagi holatni ochiq-oydin o‘rganish va eng muhimi, xalq bilan birga yechim topishga qaratilgan. Bu – xalqparvarlikning, adolat va taraqqiyotning aniq ifodasidir. Biz esa, ushbu ishonchni oqlash uchun yanada mas’uliyat bilan, jonkuyarlik va fidoyilik bilan xalqimiz xizmatida bo‘lishni davom ettiramiz.  

  

Xalq deputatlari Muborak tumani Kengashi deputati Abdiyeva Oysuluk Abduraxmonovna