Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashi deputati Sharopov Turgunbek Uktamovich Chambil mahallasi hududiga tashrif buyurib, mahallani kompleks rivojlantirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosi bilan joyida tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman kengashi deputati Iboyev Saxiddin navbatdagi uchrashuvini saylovchilar bilan o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Maxmudova Muxayyo Turg‘unovna aholi bilan uchrashdi.
янв.21
Deputat va IIB hamkorligi!!!
янв.21
2- Quruqsoy saylov okrugidan tuman Kengashi deputati Sharopov Turg‘unbek Chiroqchi tumani Chambil mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar
янв.21
Ostonada “Markaziy Osiyo – Italiya” sammiti bo'lib o'tdi
янв.21
Tadbirkor yuragida orzu, qo'lida yechim bo'ladi
янв.21
Deputatlik guruxining yig‘ilishi o‘tkazildi
#MUNOSABAT

#MUNOSABAT 

  “Bir million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi yosh avlodni yangi texnologiyalar asosida tayyorlashga qaratilgan uzoq muddatli strategik yondashuvdir 

2025-yil 10-11-iyun kunlari IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda nafaqat O‘zbekiston, balki xalqaro hamjamiyat uchun ham dolzarb bo‘lgan masalalar muhokama qilindi. Forumning asosiy maqsadi — O‘zbekistonning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xorijiy investorlar bilan hamkorlikni kuchaytirish va strategik islohotlarni xalqaro maydonda tanitishdan iborat bo‘ldi. 

 Davlatimiz rahbarining nutqlarida O‘zbekistonning ochiqlik siyosatiga, innovatsiyalar va xalqaro hamkorlikka sodiqligini yaqqol namoyon etdi. Mazkur forumida 7,5 mingdan ortiq delegat, jumladan, 100 ga yaqin davlatdan salkam 3 ming nafar xorijiy mehmon ishtirok etdi. Biz buni, avvalambor, mamlakatimizga bo‘lgan hurmat, o‘zaro ishonch va yaqin hamkorlikning chinakam ifodasi deb bilamiz. 

Prezidentimiz tomonidan keltirilgan raqamlar – IT eksportining 1 milliard dollarga yetishi, 2030-yilga kelib, bu ko‘rsatkichni besh barobarga oshirish rejasi, 500 megavattli 20 ta “data markaz” qurilishi – bu mamlakatning raqamli transformatsiya yo‘lida jiddiy harakat qilayotganini ko‘rsatadi. Ayniqsa, “Bir million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi yosh avlodni yangi texnologiyalar asosida tayyorlashga qaratilgan uzoq muddatli strategik yondashuvdir. 

 Shuningdek, Forumning asosiy mavzusi bo‘lgan investitsiyalar – faqat iqtisodiy taraqqiyotning emas, balki tinchlik va barqarorlikning kafolatidir! Iinvestitsiya muhitini yaratilishi aholimizga daromad keltirish bilan birga, inson qadrini ulug‘laydigan, uning hayotiy manfaatlarini ta’minlaydigan va jamiyat ravnaqiga xizmat qiladigan mustahkam poydevordir! 

      Elektr tarmoqlarini yangilashga ham 4 milliard dollar jalb etilishi va bu borada joriy yilda Samarqandda, kelgusi yildan yana 8 ta hududda elektr tarmoqlarini xususiy sheriklikka o‘tkazilishi sohadagi muammolarning maqbul yechimi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bundan tashqari, ilk bor “yashil” sertifikat va uglerod birliklari savdosini boshladik. Shu yil global uglerod bozorlariga qo‘shilib, “Yashil O‘zbekiston” iqlim investitsiyalari platformasi yaratiladi. 

Forum — faqat tadbir emas, balki yangi bosqichga o‘tish ramzidir. Bu safargi forum biznes muhit jahon standartlariga moslashayotganini ko‘rsatadi — va investorlarga ishonch mehrini oshiradi. Mazkur forumda iqtisodiy rivojlanish, investitsiyalar, yashil energiya, raqamli texnologiyalar yoki xavfsizlik kabi dolzarb mavzular muhokama qilindi. Bu mavzular global hamjamiyat uchun muhim, shu bilan birga O‘zbekiston uchun ham strategik ahamiyatga ega. Forumda turli mamlakatlardan kelgan delegatsiyalar ishtirok etdi, yangi shartnomalar, memorandumlar imzolandi. Bu O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. 

      Forum O‘zbekistonning xalqaro hamkorlikka tayyor ekanini, investitsiyalar uchun ochiqligini va islohotlarni chuqurlashtirishdagi qat’iyatini ko‘rsatdi. Muxtasar qilib aytganda, Davlatimiz rahbarining ushbu nutqi O‘zbekistonning global investitsion muhitdagi o‘rni, innovatsiyalarni ilgari surishdagi qat’iyati va xalqaro hamkorlikdagi ochiqligini ko‘rsatdi. 

  Nasiba Mo‘minova, 

O‘ZLIDEP viloyat Kengashi bo‘lim mudiri, tuman Kengashi deputati.