Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashi deputati Sharopov Turgunbek Uktamovich Chambil mahallasi hududiga tashrif buyurib, mahallani kompleks rivojlantirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosi bilan joyida tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman kengashi deputati Iboyev Saxiddin navbatdagi uchrashuvini saylovchilar bilan o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Maxmudova Muxayyo Turg‘unovna aholi bilan uchrashdi.
янв.21
Deputat va IIB hamkorligi!!!
янв.21
2- Quruqsoy saylov okrugidan tuman Kengashi deputati Sharopov Turg‘unbek Chiroqchi tumani Chambil mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar
янв.21
Ostonada “Markaziy Osiyo – Italiya” sammiti bo'lib o'tdi
янв.21
Tadbirkor yuragida orzu, qo'lida yechim bo'ladi
янв.21
Deputatlik guruxining yig‘ilishi o‘tkazildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, Oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar yuzasidan ishlab chiqilgan “yoʻl xaritalari”da Doʻstlik tumani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni Deputatlar tomonidan manzilli oʻrganish hamda samarali nazoratni amalga oshirish yuzasidan

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, Oliy darajadagi tashriflar davomida
erishilgan kelishuvlar yuzasidan ishlab chiqilgan “yoʻl xaritalari”da Doʻstlik tumani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni Deputatlar tomonidan manzilli oʻrganish hamda samarali nazoratni amalga oshirish yuzasidan
  

Gʻofur Gʻulom mahallasidan yangi savdo markazida olib borilayotgan ishlar o‘rganilib, Maxalliy deputatlarga biriktirilgan 25 ta loyihada amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.  

Do‘stlik tumanida aholi turmush darajasini oshirish, savdo sohasini rivojlantirish, qulay va zamonaviy bozor infratuzilmasini yaratish maqsadida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. 

Ayni paytda tumanning Gʻofur Gʻulom mahallasida yangi “Dehqon bozori” savdo kompleksi qurilishi jadal sur’atlarda davom etmoqda. Loyiha doirasida bozor hududida sanitariya talablariga to‘liq javob beradigan, barcha zarur sharoitlarga ega bo‘lgan savdo do‘konlari, maishiy
xizmat nuqtalari hamda mijozlar uchun qulay avtoturargohlar barpo etilmoqda. 

Mazkur bozor qurilishi uchun yer maydonlari ochiq va oshkora auksion savdolari orqali taqdim etilgan, yer egalari bo‘lgan tadbirkorlar o‘z mablag‘lari hisobidan qurilish ishlarini zamonaviy arxitektura va loyihalar asosida amalga oshirmoqdalar. 

Yangi bozor faoliyati boshlangach, tuman aholisiga zamonaviy savdo kompleksi hizmat ko’rsatishi rejalashtirilgan. aholiga
sifatli va arzon mahsulotlar bilan ta’minlash, shu bilan birga yangi ish o‘rinlari yaratilishiga ham katta hissa qo‘shiladi. 

O‘rganish davomida barcha loyixalarda ish jarayoni ketayotganligi, mutasaddi tashkilotlar tomonidan yordam ko‘rsatayotganligi
va loyixalar o’z muddatlarida ishga tushushi bo’yicha xech qanday muammolar yo’qligi aniqlandi. 

Bundan tashqari Yoshlar shaharchasida yopiq sport majmuasi qurilishi xam davom etmoqda, Do‘stlik tumanida yoshlar uchun munosib sharoit yaratish, ularning jismoniy rivojlanishi va sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda. 

Ayni vaqtda G‘afur G‘ulom mahallasida tashkil etilayotgan “Yoshlar shaharchasi” hududida barcha talablarga javob beradigan,
zamonaviy jihozlangan yopiq sport majmuasining bunyod etilayotgani shular jumlasidandir. 

Mazkur majmuada futbol, voleybol, basketbol va boshqa sport turlari bilan shug‘ullanish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilishi ko‘zda tutilgan. Bu esa tumandagi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, sport bilan muntazam shug‘ullanish orqali o‘z salohiyatlarini rivojlantirishda muhim omilga aylanadi. 

Ushbu loyixa o’z muddatlarida bajarilishi bo’yicha mutasaddilar to’liq kuch bilan ishlashmoqda.  

Slide 1 of 19