Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman kengashi deputati Iboyev Saxiddin navbatdagi uchrashuvini saylovchilar bilan o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Maxmudova Muxayyo Turg‘unovna aholi bilan uchrashdi.
янв.21
Deputat va IIB hamkorligi!!!
янв.21
2- Quruqsoy saylov okrugidan tuman Kengashi deputati Sharopov Turg‘unbek Chiroqchi tumani Chambil mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar
янв.21
Ostonada “Markaziy Osiyo – Italiya” sammiti bo'lib o'tdi
янв.21
Tadbirkor yuragida orzu, qo'lida yechim bo'ladi
янв.21
Deputatlik guruxining yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Tadbirkorlik rivoji uchun yangi sharoit va imkoniyatlar
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha TAVSIYALAR

Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 

TAVSIYALAR

- Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi.

- Aholiga o‘zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati.

- Mahallalarda aholi va bolalar uchun sport inshootlari, umumta’lim maktablari, kolledj va akademik liseylarning sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati.

- Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari.

- Mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatiladigan xizmatni sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash.

- Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi.

- Mahalladagi soliq inspektori tomonidan unga yuklatilgan masalalarni amalga oshirilishi holati.

- Mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holati, ko‘chalarni tunda yoritilishi, avtomobil yo‘llaridagi tirbandliklar, yo‘l transport hodisalari ko‘p sodir bo‘layotgan joylarda YTHlarni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar.

- Bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash holati.

- Bozorlardagi aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi, mahsulotlarning yetarliligi.

- Kuz-qish mavsumida isitish tizimi .

- Liftlarni ishlashi .

- Boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligi, ko‘p qavatli uylar ichki yo‘laklari (pod’yezdlari), yerto‘lalari, atrofidagi maydon tozaligi va yoritilishi holati.

- Uylarda issiq va sovuq suv bilan ta’minlash, elektr energiyasi, gaz bilan bog‘liq masalalar.

- Parklar, hiyobonlar, bog‘larning holati.

- Jamoat transportining muntazam harakatlanishi, avtobus bekatlarining holati, chiptalarni olishning qulayligi.

- Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati.

- Nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi holati.

- Hududdagi madaniyat muassasalari va muzeylar, kutubxonalar holati.

- Davlat xizmatlari, FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holati.

- Hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurash holati, ayniqsa qizil va sariq hududlarda jinoyatchilikni bartaraf qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar.

- Hududdagi investisiyalar bo‘yicha holat.

- Aholi bandligi masalalari.

- Navbatdagi sessiyaga kiritiladigan masalalarni qoida tariqasida joyiga chiqib o‘rganish.

Izoh: Ushbu masalalarga partiyaviylik va doimiy komissiyaga a’zolik nuqtai nazaridan ustuvorlik berilishi mumkin.