Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman kengashi deputati Iboyev Saxiddin navbatdagi uchrashuvini saylovchilar bilan o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Maxmudova Muxayyo Turg‘unovna aholi bilan uchrashdi.
янв.21
Deputat va IIB hamkorligi!!!
янв.21
2- Quruqsoy saylov okrugidan tuman Kengashi deputati Sharopov Turg‘unbek Chiroqchi tumani Chambil mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar
янв.21
Ostonada “Markaziy Osiyo – Italiya” sammiti bo'lib o'tdi
янв.21
Tadbirkor yuragida orzu, qo'lida yechim bo'ladi
янв.21
Deputatlik guruxining yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Tadbirkorlik rivoji uchun yangi sharoit va imkoniyatlar
MUNOSABAT, Yangi Oʻzbekiston — xalqaro hamkorlik maydonida

Joriy yilning 10–12 iyun kunlari poytaxtimiz Toshkent shahrida IV Toshkent xalqaro investitsiya forumi yuqori saviyada tashkil etildi. Ushbu nufuzli anjuman nafaqat mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichga qadam qoʻyganini, balki Oʻzbekistonning jahon hamjamiyati bilan xalqaro hamkorlikdagi tashabbuslari yanada faollashganini yaqqol namoyon etdi.

Forumda dunyo miqyosidagi yirik moliyaviy institutlar, taniqli kompaniyalar, investitsiya fondlari va xalqaro tashkilotlar vakillarining ishtirok etishi Oʻzbekistonning xalqaro imiji tobora yuksalib borayotganidan dalolat beradi. Bunday ochiq muloqotlar, ishonchli va barqaror muhit yaratishga qaratilgan tashabbuslar mamlakatimizning investitsion jozibadorligi ortib borayotganini koʻrsatadi.

Forum doirasidagi kelishuv va shartnomalar, yangi loyihalarni amalga oshirish boʻyicha erishilgan kelishuvlar, shubhasiz, kelgusidagi iqtisodiy oʻsishga, yangi ish oʻrinlari yaratilishiga, hududlarda ijtimoiy infratuzilmani yaxshilashga xizmat qiladi. Eng muhimi, bu kabi anjumanlar orqali Oʻzbekiston fuqarolari, xususan yoshlar va tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar eshigi ochiladi.

Mamlakatimiz Prezidenti rahnamoligida amalga oshirilayotgan islohotlar, «Yangi Oʻzbekiston – yangi taraqqiyot» tamoyilining amaldagi ifodasi sifatida xalqaro hamkorlar tomonidan ham yuqori baholanmoqda. Bu esa biz — fuqarolarni, tadbirkorlar va jamoatchilik vakillarini yanada faol, tashabbuskor va ishonchli boʻlishga undaydi.

Xulosa oʻrnida shuni ta'kidlash lozimki, IV Toshkent xalqaro investitsiya forumi — nafaqat iqtisodiy, balki siyosiy-diplomatik jihatdan ham muhim voqea boʻlib, mamlakatimiz kelajagini hamkorlikda barpo etishga boʻlgan ochiqligi va tayyorligini namoyon etdi. Yangi Oʻzbekistonning har bir fuqarosi bu jarayonda oʻz oʻrniga ega va uning faolligi yurtimiz taraqqiyotiga xizmat qiladi.

S.Jumaniyazov,

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati.