Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman kengashi deputati Iboyev Saxiddin navbatdagi uchrashuvini saylovchilar bilan o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Maxmudova Muxayyo Turg‘unovna aholi bilan uchrashdi.
янв.21
Deputat va IIB hamkorligi!!!
янв.21
2- Quruqsoy saylov okrugidan tuman Kengashi deputati Sharopov Turg‘unbek Chiroqchi tumani Chambil mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar
янв.21
Ostonada “Markaziy Osiyo – Italiya” sammiti bo'lib o'tdi
янв.21
Tadbirkor yuragida orzu, qo'lida yechim bo'ladi
янв.21
Deputatlik guruxining yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Tadbirkorlik rivoji uchun yangi sharoit va imkoniyatlar
Deputat munosabati

 Deputat munosabati

  

2025-yil 16-iyun kuni
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor
yig‘ilishi — mamlakatimizda olib borilayotgan chuqur islohotlarning
natijadorligini ta’minlash, joylardagi dolzarb muammolarga aniq yechim topish
va boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish yo‘lida navbatdagi muhim siyosiy
bosqich bo‘ldi. 

  

Yig‘ilishda keltirilgan har bir
tahlil, har bir ko‘rsatma, ayniqsa, mahalliy rahbarlarning tashabbuskorligi,
proaktiv ishlash madaniyatini shakllantirish, aholining talab va ehtiyojlariga
tezkor javob berish zarurati — biz deputatlar uchun ham muhim siyosiy signal
bo‘ldi. Endi har bir rahbar o‘z hududidagi imkoniyat va xavflarni oldindan
anglab, topshiriq kutmasdan, mas'uliyat bilan ish yuritishi shartligi qat’iy
belgilab berildi. 

  

Prezidentimiz tomonidan
belgilangan ustuvor vazifalar — sanoat, energetika, oziq-ovqat xavfsizligi,
yashil hududlar, xalq bilan muloqot, mahalla boshqaruvi, investitsiya muhitini
yaxshilash, kadrlar siyosatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish — barchasi tub islohotlarning
yangi bosqichga ko‘chganidan dalolat beradi. Ayniqsa, "xalq nazorati"
tamoyilining amaliy asosda joriy etilishi, “og‘ir” toifadagi mahallalarga suv
chiqarilishi, ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha ko‘rilayotgan
chora-tadbirlar — davlatimizning odamlar hayotini real o‘zgartirishga
qaratilgan siyosatidan darak beradi. 

  

Shu nuqtai nazardan, biz
deputatlar ham o‘z saylov okruglarida belgilangan vazifalarni amalda ijro
etish, joylardagi muammolarni chuqur o‘rganib, ijro hokimiyati bilan tizimli
hamkorlikda ularni hal qilish, eng asosiysi, xalq bilan doimiy muloqot olib
borish orqali islohotlar mazmun-mohiyatini aholiga yetkazishimiz shart. Chunki
bugungi kunda mamlakat taraqqiyotida har bir lavozim egasi, xususan deputatlar
zimmasidagi siyosiy va fuqarolik mas’uliyati yanada ortmoqda. 

  

Prezidentimiz belgilab bergan yo‘nalishlar —
nafaqat rahbarlar, balki har bir deputat uchun ham amaliy harakatlar
dasturidir. Bu yo‘ldan chekinmasdan, xalq dardi bilan yashash, ularning
ishonchini oqlash — bizning siyosiy burchimiz, mas’uliyatimiz va Vatanga
sadoqatimiz mezonidir.  

Xalq deputatlari Muborak tumani Kengashi deputati Xonimqulov Baxodir Toshmurodovich