Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Maxmudova Muxayyo Turg‘unovna aholi bilan uchrashdi.
янв.21
Deputat va IIB hamkorligi!!!
янв.21
2- Quruqsoy saylov okrugidan tuman Kengashi deputati Sharopov Turg‘unbek Chiroqchi tumani Chambil mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar
янв.21
Ostonada “Markaziy Osiyo – Italiya” sammiti bo'lib o'tdi
янв.21
Tadbirkor yuragida orzu, qo'lida yechim bo'ladi
янв.21
Deputatlik guruxining yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Tadbirkorlik rivoji uchun yangi sharoit va imkoniyatlar
янв.21
Tadbirkor-elga madadkor
TA’LIMDA “DOLZARB 90 KUNLIK” DASTURI AMALDA

TA’LIMDA “DOLZARB 90 KUNLIK” DASTUR AMALDA

     #Munosabat

2025-yil 15-may kuni Prezidentimiz rahbarligida maktab ta’limi tizimidagi islohotlarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda ta’limning barcha bosqichlariga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, yoshlar tarbiyasi va ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab berildi.

Yig‘ilishda davlat rahbari tomonidan yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kunlik” dasturi e’lon qilindi. Ushbu dastur yoshlarda ijtimoiy faollikni oshirish, ularning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, madaniy-ma’naviy saviyasini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Yozgi ta’til davrini mazmunli va samarali tashkil etish, maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qamrab olishni kengaytirish, maktab o‘quvchilari bandligini ta’minlash va ularning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi keng muhokama qilindi.

Barcha ta’lim muassasalarida “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida amalga oshirilishi munosabati bilan o‘quvchi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport, san’at, fan va texnologiyaga oid to‘garaklarga keng jalb qilish, maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qamrab olish ko‘rsatkichini oshirish borasidagi chora-tadbirlarga alohida urg‘u qaratildi.

  Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yoshlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotgani natijasida mustaqil fikrlaydigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qaraydigan, o‘zining qat’iy hayotiy e’tiqod va qarashlariga ega bo‘lgan, “halollik vaksinasi” bilan emlangan, milliy mentalitetimizga yot zararli ta’sirlarga qarshi turishga qodir yoshlarimiz yetishib chiqadi degan umiddamiz.

Biz, Xalq deputatlari ham o‘zimizning bor kuchimizni yoshlarimizning kelajagiga e’tiborimizni qaratib, ta’lim muassalarida yuritilayotgan to‘garak mashg‘ulotlarini faolligini oshirishga o‘zimizni hissamizni qo‘shamiz deb ishonch bildiramiz.

Tangriberganov Maxmud Ollaqulievich

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati