Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar
янв.21
Ostonada “Markaziy Osiyo – Italiya” sammiti bo'lib o'tdi
янв.21
Tadbirkor yuragida orzu, qo'lida yechim bo'ladi
янв.21
Deputatlik guruxining yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Tadbirkorlik rivoji uchun yangi sharoit va imkoniyatlar
янв.21
Tadbirkor-elga madadkor
янв.21
So'ngi qo'ng'iroq
янв.21
Prezidentimizning Vengriya va Sloveniyaga rasmiy tashrifi menda katta taassurot qoldirdi
янв.21
Ilm – eng buyuk sharaf!
INVESTITSIYALAR – FAQAT IQTISODIY TARAQQIYOTNING EMAS, BALKI TINCHLIK VA BARQARORLIKNING HAM KAFOLATIDIR!

 Mazkur nufuzli tadbirlarda dunyoning
80 dan ortiq mamlakatidan 2 mingdan ziyod yirik kompaniyalar, xalqaro tashkilotlar
va moliya institutlari vakillari ishtirok etib, O‘zbekistonning investitsiyaviy
muhiti, ustuvor loyihalari hamda yangi iqtisodiy islohotlari yuzasidan fikr almashdilar.
Bugungi kunda investitsiyalar nafaqat iqtisodiy o‘sish omili, balki siyosiy barqarorlik,
jamiyatda tinchlik va ijtimoiy totuvlikni ta’minlovchi muhim strategik resursga
aylangani barchamizga ayon bo‘lmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan joriy
etilayotgan “Inson qadri uchun” tamoyili doirasida olib borilayotgan islohotlar
jarayonida investitsiyalarni jalb etish, xususiy sektorni rivojlantirish va xorijiy
hamkorlar bilan ochiq muloqot o‘rnatishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Forum doirasida
30 milliard dollardan ziyod qiymatdagi loyihalarning muhokama qilinishi va bir qator
muhim kelishuvlarning imzolanishi bunga yaqqol misoldir. 

Deputat sifatida ta’kidlashni istardimki, investitsiya bu – faqat moliya
emas, bu – ish o‘rinlari, oilalarda farovonlik, yoshlar uchun yangi imkoniyatlar,
ilmiy va ta’lim sohasida zamonaviy yondashuvlar demakdir. Xorijiy sarmoyalarning
mahalliy hududlarga kirib borishi esa, ayniqsa, viloyat, tuman va mahalla darajasida
turmush sifatini oshirishda beqiyos ahamiyatga ega. 

Mamlakatimizdagi barqaror siyosiy muhit, qonun ustuvorligi va davlat tomonidan
kafolatlangan huquqiy himoya – investorlar uchun eng muhim omillardan biri sifatida
e’tirof etildi. Bunday ishonchning ortishi esa, albatta, xalqaro maydonda O‘zbekistonning
ijobiy imijiga xizmat qilmoqda. 

Shu o‘rinda mahalliy Kengashlar deputatlari sifatida bizning vazifamiz –
investitsiya muhitining yanada yaxshilanishi, hududlardagi loyihalarning amaliy
natija berishi hamda sarmoya orqali aholi hayotida ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berishini
ta’minlashga qaratilgan faoliyatni qo‘llab-quvvatlashdan iborat. 

Yakuniy qilib aytganda, investitsiyalar – bu faqat iqtisodiy foyda emas,
balki xalqimiz uchun tinch va barqaror kelajakning kafolatidir. Shu bois, bizning
bugungi sa’y-harakatlarimiz kelajak avlod uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat
qiladi.  

Xalq deputatlari Jomboy tuman

Kengashi deputati A.Toshpulatov