Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalliy muammolar va ijro intizomi – diqqat markazida
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Qarori qabul qilindi!!!
янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashi deputati Sharopov Turgunbek Uktamovich Chambil mahallasi hududiga tashrif buyurib, mahallani kompleks rivojlantirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosi bilan joyida tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman kengashi deputati Iboyev Saxiddin navbatdagi uchrashuvini saylovchilar bilan o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Maxmudova Muxayyo Turg‘unovna aholi bilan uchrashdi.
янв.21
Deputat va IIB hamkorligi!!!
янв.21
2- Quruqsoy saylov okrugidan tuman Kengashi deputati Sharopov Turg‘unbek Chiroqchi tumani Chambil mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar
янв.21
Ostonada “Markaziy Osiyo – Italiya” sammiti bo'lib o'tdi
Fuqarolar murojaatlaribo‘yicha manzilli chora-tadbirlar belgilanmoqda

 Fuqarolar murojaatlaribo‘yicha manzilli
chora-tadbirlar belgilanmoqda
 

  

 🔷 Xalq deputatlari
Farg‘ona tuman Kengashi kotibiyatiga tumanning Satkak mahalla fuqarolar yig‘ini
raisi va nuroniylar aholini qiynab turgan muammolar yuzasidan, ya’ni ichimlik suvi,
yo‘llarni ta’mirlash va qo‘lbola tarzda o‘rnatilgan elektr simyog‘ochlarini beton
simyog‘ochlarga almashtirish orqali aholi xavfsizligini ta’minlash masalalarida
murojaat qildilar.
 

🔷
Murojaat yuzasidan tuman Kengashi kotibiyat mudiri Sh.Raximov, tuman Kengashi deputatlari
O.Dadajonova, A.Erkaboevlar suhbat o‘tkazib, tuman Kengashining joriy yil 25-aprel
kungi “Farg‘ona tumanidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari
bo‘yicha 2025-yil uchun dastlabki manzilli ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
qarori bilan Satkak MFY, Satkak ko‘chasidagi yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha, hamda
Hududlardagi aholi yashash manzillariga toza ichimlik suvini yetkazib berish
bilan bog‘liq xarajatlar uchun tuman mahalliy budjetidan tuman Kengashining 23-may
kungi “Tuman mahalliy byudjetining 2025-yil I chorak yakuni bilan shakllangan
qo‘shimcha manbaalaridan foydalanish to‘g‘risida”gi qarori bilan 100.0 mln.so‘m
mablag‘ ajratilib, O‘zbekiston mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi hisob raqamiga
o‘tkazib berilganligi tushuntirib o‘tildi.
 

🔷
Faollarning elektr simyog‘ochlar yuzasidan qilgan murojaatlari mas’ul tashkilotlarga
deputatlik so‘rovlari chiqarilishi to‘g‘risida kelishib olindi.
  

Slide 1 of 2