Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar
янв.21
Ostonada “Markaziy Osiyo – Italiya” sammiti bo'lib o'tdi
янв.21
Tadbirkor yuragida orzu, qo'lida yechim bo'ladi
янв.21
Deputatlik guruxining yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Tadbirkorlik rivoji uchun yangi sharoit va imkoniyatlar
янв.21
Tadbirkor-elga madadkor
янв.21
So'ngi qo'ng'iroq
янв.21
Prezidentimizning Vengriya va Sloveniyaga rasmiy tashrifi menda katta taassurot qoldirdi
янв.21
Ilm – eng buyuk sharaf!
Transport va logistika sohasida yer va havo aloqa yo‘nalishlarini rivojlantirish, to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni ko‘rib chiqish masalalari muhokama etildi

2025 yil 10 iyun kuni Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Bolgariya Prezidenti Rumen Radevning rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari o‘tkazildi. 

So‘nggi 17 yil ichida tashkil etilgan birinchi sammit ko‘rinishidagi mazkur uchrashuvda eʼtibor ikki davlat munosabatlarini sifat jihatidan yangi bosqichga chiqarishga qaratildi.

Savdo, to‘qimachilik, oziq ovqat, kimyo, farmatsevtika, metallar va texnologik uskunalarni yetkazish orqali tovar ayirboshlashni kengaytirish kabi yo‘nalishlardagi muzokaralar asosiy diqqat markazida bo‘ldi. 

Unda ko‘p qirrali hamkorlikni yana-da mustahkamlash maqsadida tashqi siyosat idoralari o‘rtasida tizimli aloqalarni yo‘lga qo‘yish muhimligi qayd etildi

Transport va logistika sohasida yer va havo aloqa yo‘nalishlarini rivojlantirish, to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni ko‘rib chiqish masalalari muhokama etildi. Shuningdek, Sofiya shahrida O‘zbekiston Migratsiya agentligi vakolatxonasini ochish rejasiga alohida eʼtibor qaratildi.