Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar
янв.21
Ostonada “Markaziy Osiyo – Italiya” sammiti bo'lib o'tdi
янв.21
Tadbirkor yuragida orzu, qo'lida yechim bo'ladi
янв.21
Deputatlik guruxining yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Tadbirkorlik rivoji uchun yangi sharoit va imkoniyatlar
янв.21
Tadbirkor-elga madadkor
янв.21
So'ngi qo'ng'iroq
янв.21
Prezidentimizning Vengriya va Sloveniyaga rasmiy tashrifi menda katta taassurot qoldirdi
янв.21
Ilm – eng buyuk sharaf!
TARAQQIYOT UCHUN YANGI IMKONIYATLAR

Fikrimcha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Slovakiya Respubikasi Bosh vaziri Robert Fitso o‘rtasida shu yilning 9 may kuni Ko‘ksaroy qarorgohida bo‘lib o‘tgan uchrashuvni nafaqat ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarning yangi pog‘onasi, balki zamonaviy xalqaro munosabatlar modelining yorqin namunasi sifatida baholasak to‘g‘riroq bo‘ladi. Chunki, bugun O‘zbekiston butun jahon bilan ochiq muloqot, o‘zaro hamkorlik va manfaatli aloqalarni rivojlantirib bormoqda. Slovakiya bilan olib borilayotgan muzokaralarni ham shubhasiz ana shunday yondashuvlar sirasiga kiritish mumkin. Uchrashuv chog‘ida qator yo‘nalishlarda, jumladan, sanoat, agrosanoat, “yashil” energetika, taʼlim, madaniyat va raqamli texnologiyalar sohasida aniq va maqsadli kelishuvlarga erishilgani alohida ahamiyatga ega.

Bu hamkorlikda eʼtiborimizni tortadigan asosiy muhim jihat shundaki, u ikki tomon uchun ham amaliy samara berishga qaratilgan. Slovakiyaning ilg‘or texnologiya va ishlab chiqarish salohiyati O‘zbekistondagi investitsiya muhiti bilan birlashar ekan, har ikki mamlakat iqtisodiyoti uchun yangi imkoniyat eshiklari ochilishi shubhasiz.

Ayniqsa, taʼlim va startap sohalaridagi kelishuvlar yoshlar uchun yangi istiqbollarni ochib berishi bilan g‘oyat ahamiyatli. Komenskiy universiteti bilan qo‘shma dasturlar, IT venchur fondining tashkil etilishi - bu yerda nafaqat iqtisod, balki, bilim va innovatsiyani uyg‘unlikda rivojlanishiga hissa qo‘shadi, desak adashmagan bo‘lamiz. Muzokaralar yakunida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ning qabul qilinishi esa bu kelishuvlarni qog‘ozda emas, amalda bajarish qatʼiyati borligidan dalolat beradi.

Bunday muloqotlar natijasida yurtimiz jahon bilan nafaqat iqtisodiy, balki maʼnaviy va ilmiy aloqalarni ham mustahkamlashga erishmoqda. Demak, Slovakiya bilan boshlangan yangi aloqalar bosqichi tashqi siyosatdan tashqari, mamlakatimizning ichki taraqqiyoti uchun ham xizmat qiladi.

Said Donishev, Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati

Slide 1 of 1