Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar
янв.21
Ostonada “Markaziy Osiyo – Italiya” sammiti bo'lib o'tdi
янв.21
Tadbirkor yuragida orzu, qo'lida yechim bo'ladi
янв.21
Deputatlik guruxining yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Tadbirkorlik rivoji uchun yangi sharoit va imkoniyatlar
янв.21
Tadbirkor-elga madadkor
янв.21
So'ngi qo'ng'iroq
янв.21
Prezidentimizning Vengriya va Sloveniyaga rasmiy tashrifi menda katta taassurot qoldirdi
янв.21
Ilm – eng buyuk sharaf!
Yangi Oʻzbekistonda buyuk yuksalishlar sari…

Yurtboshimiz boshchiligida 26-may kuni mahalliy sanoatni rivojlantirish maqsadida o’tkazilgan videoselektor yig’lishida tadbirkorlarimiz uchun yanada keng imtiyozlar yaratib berildi. Bu esa yurtimizni rivojlangan davlatlar qatoriga qo’shishga juda yaxshi imkoniyatlardan biri bo’ldi. Ayniqsa, xom ashyoni arzon narxda sotgandan, ishlab chiqarishni ko’paytirilishi davlatimizni bundanda rivojlantiradi. Xalqimizni yanada farovon yashashiga olib keladi. Chunki jahon iqtisodiyotidan ma’lumki, ishlab chiqarishi o’zida va kuchli bo’lgan davlatlar pul aylanmasini tashqariga chiqib ketish xavfini pasaytirgan. Mana shu maqsadda sanoat sohasiga berilayotgan imtiyozlar o’z samarasini albatta ko’rsatadi deb ishonaman!

Mahalliy sanoatlarga urg’u berilib, qo’llab quvvatlash, ishsizlik foizini ham kamaytirib beradi. Yig’ilish davomida e’tibor berilgan jihatlardan yana biri shu bo’ldiki, bizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati a’lo darajadaligi, lekin zamondan kelib chiqib mahalliy sanoat egalari o’zlarini iloji boricha tanitishlari, kerak bo’lsa sun’iy intellektdan foydalanib, mahsulotlarini sotilish darajasini oshirishlari lozim. Muhtaram Prizedentimiz tomonidan mahallaiy sanoatlarni xalqaro darajaga olib chiqish uchun beriladigan yordam va imkoniyatlardan to’la-to’kis foydalanib, faqatgina rivojlanish harakatida bo’lish kerak, xolos!Yig’ilish davomida ta’kidlangan imtiyozlar hamma zamonda ham va hamma davlatda ham berilavermaydi. Milliyligimiz tanitilishi, millatimiz tanishtiruvidir! O’zbek nomining xalqaro miqyosda o’z o’rnini topishiga yana bir qadamdir! Iqtisodiyot rivoji boshqa sohalarning ham rivojini o’z-o’zidan ta’minlab beradi.

Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati Saidova Dilfuza Eshkulovna