Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalliy muammolar va ijro intizomi – diqqat markazida
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Qarori qabul qilindi!!!
янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashi deputati Sharopov Turgunbek Uktamovich Chambil mahallasi hududiga tashrif buyurib, mahallani kompleks rivojlantirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosi bilan joyida tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman kengashi deputati Iboyev Saxiddin navbatdagi uchrashuvini saylovchilar bilan o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Maxmudova Muxayyo Turg‘unovna aholi bilan uchrashdi.
янв.21
Deputat va IIB hamkorligi!!!
янв.21
2- Quruqsoy saylov okrugidan tuman Kengashi deputati Sharopov Turg‘unbek Chiroqchi tumani Chambil mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar
янв.21
Ostonada “Markaziy Osiyo – Italiya” sammiti bo'lib o'tdi
#Mahalliy_sanoat

Mahalliy sanoatni rivojlantirishda yangi imkoniyatlar.

 • 31 мая в 14:51

Davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan mahalliy sanoatni rivojlantirish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi mazmun-mohiyat jihatdan bugungi kunda sanoat tarmoqlari oldida turgan muhim ustuvor vazifalarni belgilab berdi.

Bugungi globallashuv va tez o‘zgaruvchan texnologiyalar sharoitida mahalliy sanoatni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlarni qidirish va amalga oshirish ayniqsa dolzarb bo‘lib bormoqda.

Davlatimiz rahbarining chuqur tahlillarga asoslangan nutqida keltirilganidek, sanoatning o‘tgan 4 oyda 6,3 foizga o‘sgani, lekin 29 ta tumanda 4,5 trillion so‘mga kamaygani masalasi o‘ta muhim ekanligini ko‘rsatmoqda. 

Shu o‘rinda to‘qimachilik, qurilish materiallari, mebelsozlik va zargarlik sanoatini qo‘llab-quvvatlash muhimligi ta’kidlandi. 

Tahlildan ko‘rinib turibdiki, qator hududlardagi sanoat tarmoqlarining o‘sishi pasaygani sabab qimmatli xorijiy valyutadagi eksport yo‘qotilgan. Sanoat tarmoqlarida o‘sish sur’atlarini oshirish maqsadida “respublika – tarmoq – viloyat - tuman” vertikali bo‘yicha har bir masalani aniq mas’ullar tomonidan tezkor hal etish vazifasi topshirildi.

Mahsulotning tashqi bozorda xaridorgir bo‘lishi albatta, uning sifat darajasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq. Iste’molchi mahsulot sifati, ekologik tozaligi va o‘ziga xosligiga ko‘proq talab qo‘ymoqda. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar bundan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishi, iste’molchining ehtiyoj va kutilmalariga javob beradigan tovarlar va xizmatlarni taklif qilishlari, sifatli mahsulotlarni eksport qilishga e’tibor qaratishlari kerak. Shuningdek, mahsulot sifatini ko‘rsatib, uni qimmat bozorlarga olib chiqadigan eng asosiy kalit, bu - xalqaro sertifikatlar va milliy brendlar ekanligi ta’kidlandi.

Videoselektor yig‘ilishida davlatimiz rahbari zargarlik sohasini chuqur tahlil qilib, tubdan yangilash bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi, “xomashyo-ishlab chiqarish-savdo” zanjiri asosida ishlaydigan yangi tizim ishlab chiqish vazifasi topshirildi.

Mahalliy sanoatning rivojlanishi iqtisodiy o‘sish va aholining turmush darajasini oshirishning muhim omilidir. Texnologik taraqqiyot, iste’molchi talablarining o‘zgarishi, infratuzilmani rivojlantirish bilan bog‘liq. Imkoniyatlarni amalga oshirish mahalliy korxonalarga raqobatbardosh bo‘lish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga hissa qo‘shish imkonini beradi. Kichik biznesni rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratish, innovasiyalarni rag‘batlantirish va mahalliy sanoatni rivojlantirishga qaratilgan mahalliy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash muhimdir. Davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mazkur o‘ta muhim masalalarning yechimlari ko‘rsatib berildi.

Zoir Isroilov, Xalq deputatlari Quyi Chirchiq tuman Kengashi deputati